Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Fanning ob’ekti va pretmeti



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə5/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Fanning ob’ekti va pretmeti. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani tadqiqot ob’ektiga yurtimizdan topilgan yog‘och, suyak, teri, xum sirtiga va qog‘ozga yozilgan ilk arxiv hujjatlari, o‘rta asr kutubxona-arxivlar haqida ma’lumot beruvchi manbalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini tashkil etuvchi arxiv hujjatlari, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar, mikrofilm va boshqa manbalar kiradi.
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani davlat taraqqiyoti va inqirozining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda bir butunlikda arxiv hujjatlari asosida o‘rganadi. U O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrdan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiyat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning
o‘rganish pretmetiga esa, manashu makondagi jamiki xilma-xil voqea hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi hamda jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
Fanning maqsadi. Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash, falsafiy oqimlarga boy, jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fanining maqsadi ham tariximizni yoritish, jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berish, talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, arxiv ishi tarixi hamda tarixiy taraqqiyotini ilmiy-nazariy tahlil etish, arxivlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda arxivlarga nisbatan maqsadli yo‘naltirilgan jamoatchilik fikrini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixini milliy va ma’naviy jihatlarini ilmiy tahlil
etish;
arxiv va arxiv hujjatlarining davlat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini
talabalarga tushuntirish;
talabalarda arxiv va arxiv ishi tarixi haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarni hosil qilish;
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixining ilmiy asoslarini o‘rganish; tarixiy dunyoqarashni arxiv hujjatlari asosida rivojlantirish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida arxivlar faoliyatini jamoatchilik fikrigi tayangan holda taraqqiy ettirish;
arxiv ishi tarixi va arxiv hujjatlarining ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi hamda xalqning tarixiy dunyoqarashini yuksaltirishdagi rolini tahlil etishdan iborat.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin