Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Qashqadaryo viloyati davlat arxivi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə52/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Qashqadaryo viloyati davlat arxivi. Qashqadaryodagi arxiv xizmati 1926 yilda arxiv byurosi tuzilishi bilan bog‘liq. 1928-yilda Qashqadaryo ogrugi tugatilib, Buxoro viloyati tarkibiga kiritilishi munosabati bilan Qashqadaryo ogrug arxiv byurosi ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1943-yil 23-mayda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasining qarori bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining arxiv bo‘limi, viloyat davlat arxivi va tuman arxivlari tashkil etildi.
1960-1964 yillarda Qashqadaryo viloyati Surxandaryoga qo‘shilishi munosabati bilan shahar, tuman arxivlaridan tashqari viloyat arxiv bo‘limi va viloyat davlat arxivlari tugatildi.1964-yilda Qashqadaryo viloyati yangidan tashkil etildi, shu bilan birga uning arxiv bo‘limi, viloyat davlat arxivi va uning bo‘linmalari qayta tiklandi. Shu yili viloyat davlat arxivining Qarshi va Shahrisabz, 1979-yilda G‘uzor, 1995-yilda Muborak bo‘linmalari tuzildi. Hozirda viloyat davlat arxivi Qarshi shahri, O’zbekiston ko‘chasi, 6 m/t-uyda faoliyat yuritmoqda.
Farg‘ona viloyati davlat arxivi. Farg‘onada arxiv ishi 1925-yilda Farg‘ona viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili Farg‘ona va Andijon okruglararo arxivi sifatida faoliyat yuritgan. 1938-yili Farg‘ona viloyati tashkil etilgach, Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi tuzildi. Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Farg‘ona viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi.
Farg‘ona viloyati tarixi jamg‘armasida Farg‘ona shahri, Namangan va Andijon viloyatlari tarixiga oid hujjatlar mavjud. Shuningdek, Farg‘ona viloyati ishchi-sovet, soldat va dehqonlari xo‘jaliklari jamg‘armasida shu viloyatlardagi sovet hukumatining o‘rnatilishi, Farg‘ona viloyati boshqaruv tizimi, madaniy qurilish, ocharchilikka, ishsizlikka, xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilishga oid hujjatlar saqlanadi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyat davlat arxivi Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko’chasi 17 a-uyda faoliyat yuritadi.
Xorazm viloyati davlat arxivi. Xorazmda arxiv ishi 1926-yilda Xarazm viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili Xorazm okrugi arxivi deb o‘zgartirilgan. 1934-yildan O‘zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi yangi Urganch bo‘limi sifatida tuzilib, 1935-yildan Xorazm okrugi arxivi deb qayta o‘zgartirildi. 1938- yili tuzilgan Xorazm viloyati arxiv boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Xorazm viloyati davlat arxivi deb qayta nomlangan. Viloyat va tuman ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasidagi hujjatlarda Xorazm viloyati xalq ta’limi va viloyatdagi qurilish ishlari olib borilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sovet hukumatining iqtisodiy va madaniy hayoti aks ettirilgan. Qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligida tashkil etilgan kolxoz va MTSlarning tuzilishi, kollektivlashtirishning o‘tkazilishi, paxtachilik, chorvachilik va sug‘orish tizimlari taraqqiyoti borasidagi ko‘pgina hujjatlar mavjud. Sovet hukumati xalq ta’limi jamg‘armasida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat sohasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, viloyatdagi oliy o‘quv va o‘rta maxsus bilim yurtlari, kutubxonalar, madaniy-maishiy uylar qurulishiga oid, viloyat aholisining statistikasiga oid hujjatlar jamlangan. Shuningdek, arxivda suratli hujjatlar Xorazmdagi sovet hukumatining boshqaruviga, sovet ittifoqi
qahramonlari hayotiga va turli shahar – tumanlarga oid hujjatlar jamlangan. Bugungi kunda Xorazm viloyat davlat arxivi Urganch shahar, A.Bahodirxon ko’chasi 207-uyda faoliyat yuritadi.


  1. Yüklə 281,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin