Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə53/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari. Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixiy hujjatlar va o‘tmish merosimizni o‘rganishga e’tibor tubdan o‘zgardi. Zero, tarixni tiklash, uni o‘rganish va yaratish madaniy merosimizni yangi bosqichga olib chiqdi. Istiqlol sharofati bilan arxiv muassasalariga e’tibor kuchayib, moddiy-texnik bazasi yaxshilanishiga, binolarining zamonaviylashishi va kadrlar salohiyati o‘sishiga erishildi. Arxivlar o‘tmishdagi kechmishlarning aniq ifodasidir. Shuning uchun davlat arxivi muassasalarida mavjud hujjatlarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish, ularning sifati va doimiy saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi ana shu fikrning isbotidir. Shuningdek, 2010-yil iyun oyida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi yangi Qonunning qabul qilinishi esa arxiv muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash imkonini yaratdi. Mazkur me’yoriy hujjatlar asosida arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamon talablari asosida jihozlash, kadrlar salohiyatini oshirish jarayonida ko‘pgina samarali ishlar amalga oshirildi.

Hujjatlardan foydalanish, ularni ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ib etish bugunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi, – deydi Navoiy viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekova. Zamonaviy sinovlar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxona, tashkilot va muassasalar ish faoliyatida keng ishlatiladigan lazer va purkovchi printerlarda hujjatni chop etish uchun maxsus qog‘oz zarur. Buning uchun elektrofotografiya usulidan foydalanib kelinayapti. Yuqori sifatli tasvirlarni olish uchun ishlatilayotgan qog‘oz ma’lum bir issiqlikka chidamli va elektrostatik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday printerlarda chop etilgan hujjatlar matnni oson o‘chib ketadi. Biroq yorug‘likka, issiq haroratga va namlikka chidamliligi kuchayadi. Ayni paytda viloyatlardagi davlat arxivlarida
aniqlangan matnni so‘nayotgan hujjatlarning sug‘urta fondini tashkil etish bo‘yicha mikrofilmlar tayyorlash ishlarini tashkil etish imkoniyati yo‘q, maxsus asbob- uskunalar mavjud emas. Bu yo‘nalishdagi ishlar reproduktiv tasvirga olishdan iborat bo‘lmoqda. Ya’ni, hujjatning aslidan skaner, raqamli fotoapparatlar yordamida fotonusxa olinayapti. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Navoiy viloyatidagi davlat arxivlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun bir-biridan dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, ularni internet tarmog‘iga ulash natijasida aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. Bu esa arxiv ishlarini yanada takomillashtirish imkonini bermoqda. Ayni paytda Navoiy shahrida yangi qurilgan zamonaviy binoda hududiy arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bunday muassasalarning bir binoda joylashtirilgani fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga barham berdi. Bu ko‘rkam ma’muriy maskanda faoliyat olib borayotgan muassasa xodimlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bino qurilishi uchun qariyb bir gektar yer ajratildi. Bu maskanni obodonlashtirish maqsadida 5340 kv.metr yer maydoni gulzorga, mevali ko‘chatlar ekilib, mo‘jaz boqqa aylantirildi. Arxiv hujjatxonalaridagi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash asosiy vazifamiz sanaladi, – deydi birinchi toifali arxivchi Zulayho Zairova. Bunday xonalarning nisbiy namligi va havo almashinishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Hujjatlarni turli zamburug‘lardan, kemiruvchilardan himoyalash ham juda muhim. Shuning uchun sanitariya- epidemiologiya markazi xodimlari bilan birga har oyda tozalash-nazorat ishlari amalga oshiriladi. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tizimdagi arxiv muassasalariga fuqarolardan jami 4458 ta, asosan, mehnat staji, ish haqi, taqdirlanish, o‘qish davrini tasdiqlashdan iborat ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushdi. Shu davr mobaynida pullik xizmatlarning umumiy hajmi 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan o‘ta qimmatli ma’lumotlarning elektron nusxalari yaratilib, har chorakda saqlovga kelib tushgan hujjatlar asosida baza yangilanib kelinayapti, – deydi viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasi bosh mutaxassisi Shuhrat Xoliqulov. Boshqarmaning navoiy@archive.uz elektron pochtasi orqali ham fuqarolar bilan so‘rovlar amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, boshqarma veb-saytini yaratish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi. Har bir bo‘limda elektron hujjat almashish tizimi hokimiyat va Vazirliklar bilan E-Xat, “O‘zarxiv” agentligi bilan E-xat dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Navoyi viloyatda arxiv ishini rivojlantirishning 2014-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarali amalga oshirildi. Bu ham tizim xodimlarining o‘z vazifalariga sidqidildan yondashayotganligidan darak beradi. Demak, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har bir jarayon, xalqimiz hayotidagi har bir muhim sananing tarix zarvaraqlarida aks etishida arxivchilar mehnatining ahamiyati beqiyos.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish Dasturi”ga ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi va 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21- martdagi PQ-1730-son qarorini bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan Agentlik tomonidan “O‘zarxiv” agentligida elektron hujjatlar almashish tizimini hamda kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, AKTni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, 2012-yil 1-mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (№08-12-75, 11.05.2012y.).
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida hududiy arxiv muassalarini moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki hozirgi kundagi 102 ta hududiy arxiv muassasalarining 20 dan ortig‘i arxiv hujjatlarini saqlash va bu boradagi faoliyatni olib borish talablariga to‘la javob beradi. Qolganlari esa dasturlarga kiritilgan bo‘lib, ko‘pgina qilinishi lozim bo‘lgan ishlar kelajakda amalgaoshirilishi ko‘zlangan. Ushbu ishlarni jadallashtirish uchun yangicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xususan,
investitsiyalarni jalb qilish, bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda xizmat turlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish tizimini yangi texnologiyalar qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish kabilarni hal qilish lozim. Bu esa o‘z navbatida huquqiy- meyoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Koreya Respublikasi, Fransiya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarining ilg‘or ish tajriblaridan foydalanish ham ijobiy samara keltirishi mumkin.
2014-yil 26-iyulda “O‘zarxiv” agentligining kengaytirilgan hay’atining videokonferensiya rejimida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari, arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar boshliqlari, markaziy, viloyat, shahar va tumanlar davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari direktorlari, pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2013-yil 1-yarim yilligidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish yuzasidan qo‘shimcha choralar to‘g‘risida, Buxoro va Samarqand viloyat arxiv muassasalarida sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks o‘rganish natijalari to‘g‘risida, 2013-yil investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar hamda 2014- yil investitsiya dasturiga takliflar to‘g‘risida, pensiya jamg‘armasi tomonidan arxiv muassasalarida fuqarolarga beriladigan arxiv ma’lumotlarini haqqoniyligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida, Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan “Agentlikda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqildi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin