Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə8/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi. Tuproqqal’ada shoh saroyida joylashgan markaziy massivning janubi-sharqiy tomonidagi pastgi qavatning 4 ta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89(232), 90(231), 93(239), 91(YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar Afrig‘iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yog‘ochga-taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shulardan 122 tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. Yozuvlar tush (qorasiyoh) bilan oromiy xat asosida shakllangan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan.

Mazkur arxiv hujjatlarini tahlil qilish jarayonida yog‘ochga yozilgan hujjatlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga katta oilalar tarkibiga kirgan ozod va qul erkaklar (VDn) ro‘yxati kiradi. Bu hujjatlar “uylar ro‘yhati” nomi bilan yuritiladi. Bunday to‘liq ro‘yhatlar 5 ta bo‘lib, shartli ravishda I-V- hujjatlar va bular Tuproqqal’a hujjatlari orasida butun holatda saqlanib qolgan
yagona hujjatlardir. Bundan tashqari uy ro‘yxatlarining 10 ta bo‘lagi ham topilgan va shartli VI-XV-hujjatlarni tashkil qiladi.
Ikkinchi guruhga yog‘ochga yozilgan xo‘jalik hujjatlari kiradi. Bu guruh 4 dona (XI-XIX hujjatlar) siniq yog‘och bo‘laklaridan iborat. Bu hujjatlar g‘ildirak (XVI, XVII hujjatlar), chorva (XVIII hujjatlar) va boshqa narsalarni kirim va chiqim ro‘yhatlaridan iborat.
Uchinchi guruhdan 7 ta tayoqchadagi hujjatlar o‘rin olib, ular yupqa cheklardan iborat. Hujjatlar P-1, P-7 raqamlari bilan belgilangan. “P” belgisi ruscha “palochka” so‘zining bosh harfidan olingan.
Birinchi guruhga kirgan “uylar ro‘yhati” hujjatlarini birinchilardan bo‘lib, S.P.Tolstov o‘qigan hamda I va II hujjatlar fotonusxalarini va matnlarning transliteratsiyalarini e’lon qilgan. Keyinchalik B.V.Xenning bir nechta ismlarining o‘qilishini aniqlashtirgan.
Beshta to‘liq saqlanib qolgan “uylar ro‘yhati” dan to‘rttasida katta oilalar, ularning tarkibiga kirgan erkaklar hamda uy qullari sanab o‘tilgan. X raqamli uy hujjatining birinchi qatorida oila boshlig‘i ya’ni uy egasining ismi yozilgan. I, II va III hujjatlarning har birida uy egasining ikkitadan balog‘atga yetgan, ammo uylanmagan yoki oiladan ajralib chiqmagan o‘g‘illarining ismlari keltiriladi. III hujjatda uy egasi o‘g‘illarining ismlari yozilmagan. Bu esa o‘g‘illar oiladan ajralib chiqqanligini yoki hali voyaga yetmaganligini anglatishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, aholini ro‘yhatga olish davrida oiladan ajralib chiqqan va ro‘yxatga olish yoshiga yetmagan o‘g‘illarning ismlari “uylar ro‘yhati” ga kiritilmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, III hujjatda uy egasining ismidan so‘ng kuyovining ismi yozilgan. I hujjatda esa o‘g‘illarning ismlaridan so‘ng kuyovning ismi yozilgan. Faqat bita kuyovning ismi yozilishi uzatilgan qiz otasining uyida qolishi mumkinligidan dalolat beradi. Aslida udumga ko‘ra turmushga chiqqan qiz kuyovning uyiga o‘tib yashagan.
Xujjatlarda ismlardan so‘ng abzats belgisi turibdi. Undan so‘ng “VDn” sarlavhasi qullar ro‘yxatini boshlab beradi. Bu qullar uy egasi, katta o‘g‘illari va kuyoviga tegishli qullar ro‘yhatidir. I, II va IV hujjatlarda uy egasi xotinining qullari
va nevaralarining qullari (bu o‘rinda qizlarning bolalari bo‘lishi mumkin) ham ko‘rsatilgan.
Quyida ayrim hujjatlar tasnifiga to‘xtalib o‘tamiz. I hujjat 91 (YUR) xonadan topilgan. TK 1949 inventar raqamli № 8 hujjat yog‘och taxtachaga yozilgan, taxtachaning o‘ng tomoni o‘tkirlangan. Hujjatning uzunligi 36,5 sm, eni 8,5 sm. Matn eniga 3 ustun va 26 qator bo‘lib, 4 abzatsdan iborat. Matn yaxshi saqlangan. Mazkur I hujjatda 21 nafar erkakning, ya’ni uy egasi, uning ikki o‘g‘li va kuyovining ismlari xamda 17 ta qulning ismlari yozilgan. Qullardan 12 tasi uy egasi, uning o‘g‘illari va kuyoviga, 2 tasi uy egasi xotiniga va 2 tasi nevaralariga tegishli, bittasi qulning o‘g‘li bo‘lgan.

  1. hujjat 90-xonadan topilgan TK 1948 inventar raqamli № 10 hujjat dastali yog‘och taxtachaga yozilgan bo‘lib, hujjatning uzunligi 11,5 sm, eni 7-6 sm, dastasining uzunligi 4 sm. Matn taxtachaning ikki tomoniga ham yozilgan, yuza qismida 13 qator va bita abzats belgisi, orqasida 5 qator va bita abzats belgisi qo‘yilgan. Matn juda yaxshi saqlangan va ayrim harflar biroz zarar ko‘rgan. Matn eniga 3 qator va bo‘yiga 26 qator va 4 ta abzatsdan iborat. II hujjatda 15 nafar erkakning, ya’ni uy egasi, uning ikki o‘g‘li va 12 ta qulning ismlari keltirilgan. Qullardan 10 tasi uy egasi va o‘g‘illarining, 2 tasi xo‘jayinning xotiniga qarashli qullar bo‘lgan.

  2. hujjatda 89-xonadan topilgan TK 1949 inventar raqamli № 7-hujjat yog‘och taxtacha bo‘lib, hujjatning uzunligi 29 sm, eni 9,5 sm. Matn taxtachaning bir tomoniga yozilgan, eniga 3 ustun vertikal chiziqlar bilan ajratilgan, bo‘yiga 20(8+11+1)+1qator vertikal xolatda yozilgan. Matn yaxshigina zarar ko‘rgan. III hujjatda 17 nafar erkakning, ya’ni uy egasi, uning kuyovi va 15 ta qulning ismlari bitilgan. Qullardan 12 tasi uy egasi va kuyovining, 3 tasi xo‘jayinning qaysidir xotiniga qarashli qullari bo‘lgan.

  3. hujjat 90-xonadan topilgan TK 1948 inventar raqamli № 12 hujjat yupqa tayoqqa yozilgan bo‘lib, hujjatning yuzasi tekislangan, chap qirg‘og‘i o‘tkirlangan, hujjatning uzunligi 25,5 sm, eni 3 sm. Matn tayoqning ikki tomoniga ham yozilgan, betida 4 ustun, orqasida 3 ustun, jami 18 qator matndan iborat. IV-hujjatda 15 nafar

erkakning, jumladan, uy egasi, uning 2 o‘g‘li va 12 ta qulning ismlari aks etgan. Qullardan 8 tasi uy egasi va o‘g‘illariga, va 4 tasi uy egasi xotiniga tegishli bo‘lgan. Mazkur hujjatlardagi qullar sonining ko‘pligiga e’tibor qilinsa, u holda bu oilalar Xorazmning eng to‘q o‘ziga boy tabaqalarining ro‘yhatlari bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi. Ammo ismlar yonida unvon va mansablarning ko‘rsatilmaganligi, bu oilalarning qaysi aslzodalar toifasiga mansubligini aniqlashga imkon bermaydi. B.A.Livshitsning ta’kidlashiga ko‘ra, “uy ro‘yxati”da eslatilgan oilalar shahar aholisimi yoki qishloq aholisimi bilib bo‘lmaydi.

  1. hujjat 89-xonadan topilgan.TK 1949 inventar raqamli № 1 hujjat yog‘och taxtachadan iborat bo‘lib, hujjatning uzunligi 15 sm, eni 6 sm. Hujjat yog‘och taxtachaning ikki betiga ham yozilgan. YUza qismida ikki ustun vertikal chiziqlar bilan bo‘lingan, 9 qator yozuv va 3 ta abzas belgisi qo‘yilgan.Orqasida vertikal tarzda boshqa xat bilan qo‘shimcha yozuv bitilgan. YUqoridagi hujjatlardan farqli ravishda Vhujjatga e’tibor qilinsa, unda 4 ta kishining ismi yozilgan: uy egasi va uning 3 ta quli.Ulardan bittasi uy egasining, ikkinchisi xotinining va uchinchisi onasining quli bo‘lgan. V.A.Livshitsning fikriga ko‘ra, bu ro‘yxat kichik oilaning katta erkaklari ro‘yxatidir.

Uylar ro‘yhatidagi qullar ismlari etimologiyasi ko‘proq xorazmcha bo‘lib, uylarning ozod a’zolari ismlaridan farq qilmaydi. Hujjatlarning birortasida xorazmlik bo‘lmagan qullarning ismi uchramaydi. Demak, qullar xorazmlik bo‘lib, ular patriarxal oilalarga qaram bo‘lib, uy egasiga itoat qilgan. Qullar ozod kishilardan farqlangan. Bu esa III asrda Xorazmda qulchilik patriarxal xarakterda bo‘lganligidan dalolat beradi. Uy ro‘yhatlari armiya va ko‘ngilli qo‘shinlarni kuch bilan ta’minlash maqsadida katta yoshli erkaklarni ro‘yhatga olish asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. Bu kichkina tayoqlarni bir yoki har ikkala tomonida nozik o‘yma naqshlar ishlangan. Bu narsa ular yorliq bo‘lishi mumkinligi haqida taxminni beradi. Tayoqchalardagi yozuvlar rangi ancha o‘chib ketgan va tayoqdagi yozuv bir so‘zdan iborat bo‘lib, bu haqiqiy ismlar bo‘lishi kerak.
Demak, Tuproqqal’a arxiv hujjatlari Xorazm davlatining ijtimoiy xo‘jalik tizimi, mahalliy boshqaruv tizimi, kishilarning ismlari, o‘lchov birliklari haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi. Tuproqqal’a arxivi Xorazmda davlat mahkamachilik an’anasi qadimiyatdan boshlab, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonini bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin