Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə34/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

10-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi


Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati. 2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat arxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda.

O‘zR MDA dastlab tashkil etilganida quyidagi tuzilmalar mavjud edi.

  1. Arxiv rahbari;

  2. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar bo‘limi;

  3. Maxfiy fondlar bo‘limi;

  4. E’lon qilish bo‘limi;

  5. Ma’lumot stoli;

  6. O‘quvxona;

  7. Ilmiy-ma’lumot kutubxonasi;

  8. Xodimlarga xizmat ko‘rsatish:

O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi buyrug‘i bilan 1962- yil 28-aprelda O‘zR MDA tuzilmalariga qo‘shimchalar qilindi.

  1. Hisobga olish bo‘limi;

  2. Jamlash;

  3. Tekshirish;

  4. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati:

O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1963-yil 14-oktyabr 603-sonli qarori asosida O‘zR MDA quyidagi bo‘lim tashkil etildi.
1. Idoraviy arxivlar.
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi qoshidagi Arxiv boshqaruvi 1964- yildagi 33-son buyrug‘i asosida O‘zbekiston SSR MDA quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.

  1. Rahbar lavozimi Direktor lavozimiga o‘zgartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1-sentyabrdan O‘zbekiston SSR MDA O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb yuritildi.
1991-yilda bo‘limlar nomiga quyidagi o‘zgarishlar qilingan.

    1. “Xodimlar apparati shtati” “Apparat boshqaruvi” deb yuritildi.

    2. “Xodimlarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limi “Xo‘jalik xizmati” ga o‘zgartirildi.

1992-yil shtat jadvaliga asoslanib, O‘zR MDA quyidagi tuzilmalardan iborat bo‘lgan:

  1. Apparat boshqaruvi;

  2. Xujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;

  3. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar arxiv saqlovxonasi;

  4. Sovet davri fondlar arxiv saqlovxonasi;

  5. Mikronusxalar arxiv saqlovxonasi;

  6. Davlat hisobini olib borish va ilmiy-ma’lumot apparati bo‘limi;

  7. Jamlash idoraviy arxivlar va ish olib borish bo‘limi;

  8. Maxsus fondlar bo‘limi;

  9. Rejalashtirish va tashkilish – uslubiy ishlar bo‘limi;

  10. Hujjatlardan foydalanish va ularni e’lon qilish bo‘limi;

  11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi;

  12. Xo‘jalik xizmati bo‘limi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi.
Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid.
O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:



  • hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;

  • tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;

  • radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;

  • ekskursiyalarni o‘tkazish;

  • ko‘rgazmalarni tashki etish;

  • fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;

  • jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;

  • ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish;

  • arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;

  • arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;

  • arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;

  • arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish;

  • arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish;

Bugungi kunda O‘zR MDA arxivshunoslik va hujjatshunosli sohasi bo‘yicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:

  1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi;

  2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya;

  3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti – Germaniya;

  4. «Xolokost» memorial muzeyi – AQSH;

  5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi.

  7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti

Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say- harakatlari aks ettirilgan. Chor Rossiyasi amoldorlari yuritgan hujjatlarga qaraganda Gippius musulmonlar chopon do‘ppisini kiyib, Qur’onni o‘qishdan oldin uni o‘pgan. Bu hol tuzum tarafdorlarini ruhlantirgan. Ammo, arxiv hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning turli talqinlari mavjut: bundan ko‘zlangan maqsad tuzumning oddiyligini emas, balki Qur’onni o‘qiyotgan gubernator rolini ko‘rsatish bo‘lgan (Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.50.).
Arxiv hujjatlari sovet xalqlari birodarligidan chor hukumati va g‘arbiy imperiya tuzumlarini ajratishda xizmat qiladigan muhim vosita sifatida namoyon bo‘ldi.
1917-yil boshlarida bu farqni aniqlashga harakat qilgan V. Lenin chor imperiya hududlari bo‘ylab rus shovinizmini cheklab qo‘ydi. Bolsheviklarning xalqaro doiradagi yetakchilari inqilobni sharq tomon yoyish maqsadida osiyolik faollarni jalb etdi va ular sotsializm rivojlangan sobiq mustamlakalar holatini ko‘rsatish uchun O‘rta Osiyodan foydalanishga umid qilganlar (Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). -London.2005.-P.50.).


  1. Yüklə 281,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin