Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining faoliyati



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə41/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivining faoliyati. Mustaqillik yillarida O‘R KSOX MDAda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu arxiv Koreya hukumati tomonidan KOICA granti asosida yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi. Shu grant asosida o‘rnatilgan arxiv hujjatlarini kiritish uchun mo‘ljallangan yangi sistema asosida ish olib bormoqda. Bu sistema asosida barcha hujjatlar kompyuterga kiritilmoqda. Kelgusida bu sistema asosida barcha hujjatlar elektron shaklga

o‘tkazilgandan so‘ng, arxivga tashrif buyurgan tadqiqotchilar hujjatlarni elektron shaklda ko‘rib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri kino, surat va ovozli hujjatlari saqlovida mustaqillikning e’lon qilinishi, demokratik jamiyat qurilishi, davlat boshqaruvining yangi tizimini vujudga kelishi, markaziy organlari faoliyatining maqsad va vazifalaring o‘zgarishi, bank tizimining qayta tashkil etilishi, dunyo davlatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tan olinishi, chet el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ko‘p partiyaviylikning va jamoat harakatining vujudga kelishi, bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlikning rivojlanishi, yangi manaviy dunyoqarashning vujudga kelishini o‘zida aks ettirgan.
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi quyidagi xizmatlarni bajaradi:

  • arxivda saqlanayotgan kino, surat va ovozli hujjatlar haqida malumot berish;

  • tadqiqotchilar o‘rganishi va ishi uchun kino, surat va ovozli hujjatlarni taqdim etish;

  • kinohujjatlarni video tasmaga ko‘chirib berish;

  • surat va ovozli hujjatlar nusxalarini tayyorlash;

  • fotoko‘rgazma va stendlarni tashkil etish;

  • mavzuli so‘rovlarni ijro etish;

  • fotoalbomlar tayyorlash;

  • arxiv bo‘yicha umumiy va mavzuli ekskursiyalarni tashkil etish.

Ko‘rsatilgan xizmatlar yuridik va jismoniy shaxslarning yozma so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi. Arxivning kino, surat va ovozli hujjatlari faqat arxiv rahbari ruxsati orqali taqdim etiladi. Ruxsat beriladigan muddat ish mavzusi bo‘yicha belgilanadi. Tadqiqotchilarni kino, surat va ovozli hujjatlar bilan ishlashi arxivning kino zali, katalog va ovozli hujjatlar eshitish xonalarida amalga oshiriladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivida jamlash manbalaridan hujjatlarinn qabul qilish ishlari olib borilmoqda. Asosiy jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi ilmiy- ommabop va hujjatli fil’mlar kinostudiyasi dan 2013-yilda 126 saqlov birligida,
2014-yil 9 oy davomida 95 soqlov birligida kino hujjatlar, O‘zbekiston Milliy axborot agentltgining Bosh suratli axborotlar taxririyatidan 2013-yili 5044 saqlov birligida hamda O‘zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 261 saqlov birligida foto hujjatlar qabul qilingan.
Shular bilan bir katorda “O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli fil’mlar kinostudiyasi”dagi 4 saqlov birligida fotoplastinkalar xamda 200 saqlov birligida "'O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 259 saqlov birligidagi foto hujjatlarning qimmatdorligi aniqlandi hamda davlat saqloviga qabul qilindi.

Yüklə 281,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin