O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat a
rO‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat ax
irMustaqillik yillarida O‘R ITTX MDA faoliyatini yanada rivojlantirish uchun xvq
ia
IvnO‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat flidarxivining xalqaro aloqalari haqida fikr yuriting.
a6dm. O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat ayioarxividagi hujjatlardan foydalanilishi xususida fikr yuriting.
gyl i- yst aehk
xlit
Manba va adabiyotlar
121
Зухриддинов Н. Ўзбекистон Республикаси илмий-техникавий ва тиббиёт ҳужжатлари Марказий давлат архиви фаолиятида ахборот технологияларидан фойдаланиш // Талабалар амалий семинари мақолалари тўплами. – Тошкент, 2011. –Б.31-33.
Мўминов Т. Давлат архивларида электрон каталог яратиш масалаларига доир (ЎзР ИТТҲ МДА мисолида) // Талабалар амалий семинари мақолалари тўплами. – Тошкент, 2011. –Б.49-51.
Хожиметова М. Ўзбекистон Республикаси илмий-техникавий ва тиббиёт ҳужжатлари МДА – 40 ёшда. // “Ўзбошархив” Ахборотномаси, 2002. - № 29. – Б. 52-56.
O‘zarxiv agentligi rasmiy sayti. www.archiv.uz.
I.T.T.X.M.D.A. rasmiy sayti. www.csantmd.uz.
13-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi hududiy davlat arxiv muassasalari Reja:
Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi.
Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. Arxiv tadqiqot ma’lumotlaridan ma’lumki, arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘lka hukumatiga topshiriq 1918-yilning iyun oyida kelib tushgan. Bu ishni Turkiston ASSR byudjet moliya komisiyasi raisi (MIK huzuridagi) V.N. Kucherbaev boshqardi. U 1919-yilning oktyabrida Turkiston ASSR sovetining XIII s’ezdida arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Prezedium taklifiga ko‘ra (s’ezd prezidiumi) ma’ruza MIK ga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Natijada Turkistonda mahalliy viloyat arxiv bo‘limlarini tashkil qilinishiga katta e’tibor berila boshlandi. Masalan, 1920-yil martida Farg‘onada va Kaspiy orti viloyatida, 1920-yil iyunda – Samarqanda, o‘sha yil noyabrda Ettisuvda ana shunday arxiv bo‘limlari tashkil qilindi.
Milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zbekiston SSR MIK huzirida O‘zbekiston SSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlar arxiv idoralari vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi.
1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK O‘zbekiston SSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror qabul qildi. O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi huzurida O‘z SSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil etildi. SHahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga qaror qilindi.
1938-yil 15- yanvardagi sobiq SSSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekistonda Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Bular o‘z-o‘zidan Markaziy arxiv ishini yaxshiladi va tartibli tuzilma vujudga kelishi uchun zamin yaratdi. 50-yillarning boshlarida ham arxivlarga yangi arxiv hujjatlarini saqlaydigan binolar etishmas edi. Ushbu vaziyatni hisobga olib O‘zbekiston hukumati 1954- yilning 13- yanvarida “Respublikada arxiv ishini yaxshilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi va Toshkent shahrida markaziy arxiv uchun bino qurilishi nazoratini O‘zSSR IIV ga yukladi. Bu vazifa 1964-yilga kelib, amalda bajarildi. 1955-yilning 1-yanvarida O‘zbekiston shahar va tumanlarida 8 ta shahar va 138 ta tuman arxivlari mavjud edi.
1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Vazirligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. SHu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar soveti va viloyatlar ijroiya
qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tuzumidagi rolini orttirdi hamda arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Bu yillarda davlat arxivlari arxiv ishini tartibga solishni nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga ularga yordam berishga katta etibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964- yili1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. 1968-yilning boshida Namangan viloyati tashkil topishi munosabati bilan Namangan viloyati davlat arxivi tashkil qilindi. Keyinchalik Namangan viloyatida Tuychi shahar posyolkasi arxivi (1969) va CHust (1962) bo‘limlari ochildi.
1970-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati bir muncha yaxshilandi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi “Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarini idoralararo xo‘jalik hisobidagi arxivlarni tashkil qilish keng avj oldi. Yana bir qarorga ko‘ra arxiv boshqarmasi O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida hududiy arxiv muassasalari arxiv hujjatlari saqlovini ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Ular o‘z faoliyatini 1990-yil 28-iyunda“O‘zbosharxiv” qarori bilan tasdiqlangan “DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashi, asosiy yo‘nalishlari (1990-1995 yillar) va amalga oshirilishi tashkiliy-metodik tadbirlari rejasi” asosida tashkil qilindi. Unda arxiv tashkilotlari Respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda DAF hujjatlari idoraviy saqlovini takomillashtirish, ular tarkibini yaxshilash, moddiy texnika bazasini yaxshilash, ularni kadrlar bilan ta’minlash, idoraviy arxivlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-metodik qo‘llanmalar tayyorlash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan edi. Bu tadbirlarning bajarilishi muassasa, tashkilot va korxonalar idoraviy arxiv hujjatlari saqlovini yanada yaxshilashga imkon berdi.
Shahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar tarmog‘i birmuncha kengaydi. 1995-yilda 1990-yilga nisbatan bunday
arxivlarning soni 13 taga ko‘paydi va 1995-yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlovini va fuqorolarga ijtimoiy– huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxshiladi.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda markaziy davlat arxivlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlash, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash hamda foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq davlat arxivlari bo‘lib, ularda 8 miln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab - avaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.