Yarim pay muskul (m. semitendinosum) muskulning pastki qismi paydan tuzilganligi sababli, shu nom bilan ataladi. Muskul quymich suyagining shu nomli o‘sig‘idan boshlanib, katta boldir suyagining g‘adir-budur do‘mbog‘iga mashinachilar muskul payi va m. gracilis bilan “g‘oz panjasi” (pes anserinus superficialis) ni hosil qilib yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni yozadi, boldirni bukadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ischiadicus (LIV–SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. perforantes.
Yarim parda muskul(m. semimembranosus) yarim pay muskulining ostida joylashadi. Yarim pardadan iborat muskul; quymich suyagining shu nomli o‘sig‘idan boshlanib, katta boldir suyagining medial do‘ngiga uchta payga ajralib, “chuqur g‘oz panjasi” – pes anserinus profundus ni hosil qilib yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni yozadi, boldirni bukadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ischiadicus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoris medialis, aa. perforantes, a. poplitea.
BOLDIR MUSKULLARI Boldir muskullari (75, 76- lar) uch guruh (oldingi, lateral va orqa guruh) bo‘lib joylashgan.
Oldingi guruh. Oldingi katta boldir muskuli (m. tibialis anterior). Katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasi, lateral do‘ng o‘sig‘i suyaklararo pardadan boshlanib, pastda pishiq payga o‘tadi. Bu pay retinaculum externum (yozuvchi muskul pardasi) dan kichik boldir muskul paylari bilan birgalikda birinchi ponasimon suyakka va oyoq kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko‘taradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profundus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.