Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor hallucis brevis) medial ponasimon suyak va lig. calcaneocuboideum plantare dan boshlanib (yo‘lda uning tarkibidan m. flexor hallusis longus payi o‘tadi), bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi.
I n n e r v a t s i a s i: nn. plantares medialis et lateralis (LV–SII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, a. plantaris medialis.
Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul(m. adductor hallucis) chuqur joylashgan bo‘lib, ikki boshchadan iborat. Qiyshiq boshchasi (caput obliguum) kubsimon suyak, lig. plantare longum, lateral ponasimon suyak va II–IV kaft suyaklaridan boshlanadi va ichki tomonga qiyshiq yo‘naladi. Ko‘ndalang boshchasi (caput transversum) esa lig. plantare longum, II–V kaft-barmoq suyagi bo‘g‘im kapsulalaridan boshlanib, birinchi falangaga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi va oyoq-kaft gumbazini mustahkamlaydi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, aa. metatarseae plantares.
Jimjiloq tomondagi muskullar: Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor digiti minimi) oyoq kaftining yonbosh qismida joylashgan bo‘lib, tovon suyagidan boshlanadi va jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan tortadi.
I n n e r v a t s i a s i: a. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. plantaris lateralis.
Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul(m. flexor digiti minimi) beshinchi kaft suyagining asosidan boshlanadi va jimjiloqning birinchi falangasi asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq kaftining lateral yuzasini mustahkamlaydi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r i: a. plantaris lateralis.