Chanoq-son bo‘g‘imi (old tomoni).
1–capsula articularis; 2–canalis obturatorius; 3–membrana obturatoria; 4–lig. pubofemorale; 5–lig. iliofemorale; 6–spina iliaca anterior inferior.
Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi son suyagining old tomonidagi ko‘stlararo chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ylab, orqadan esa ko‘stlararo qirra (crista intertrochanterica) dan boshlanib, quymich kosasi chetining tashqi aylanasiga yopishadi.
Chanoq-son bo‘g‘imi (bo‘g‘im xaltasi kesilib, son suyagi boshchasi ajratilgan).
1–m. rectus femoris; 2–labrum acetabulare; 3–lig.
capitis femoris; 4–caput femoris; 5–capsula articularis (kesilgan); 6–membrana obturatoria; 7–lig. transversum acetabuli; 8–facies lunata; 9–quymich kosasidagi yog‘ qatlami.
Chanoq-son bo‘g‘imi xaltaning sirtidan to‘rtta boylam vositasida mustahkamlanadi: 1) yonbosh-son boylami – lig. iliofemorale bo‘g‘imning eng baquvvat va katta boylami bo‘lib, yonbosh o‘sig‘i (spina iliaca anterior inferior) ning pastki sohalaridan boshlanib, ko‘stlararo chiziqqa (linea intertrochanterica) kelib yopishadi; 2) quymich-son boylami – lig. ischiofemorale orqa tomondan quymich suyagining bo‘g‘imga yaqin qismidan boshlanib, yuqori va yon tomonga ko‘tariladi-da, katta ko‘stga borib yopishadi; 3) qov-son boylami – lig. pubofemorale – boylamlar ichida birmuncha kichikroq bo‘lib, qov suyagi ustki shoxidan kichik ko‘stga tortilgan; 4) yuqorida aytilgan uchta bo‘g‘im boylamlarining tagida, son suyagining bo‘ynini o‘rab olgan zona orbicularis deb ataluvchi yana bir boylam bo‘lib, u pastki-oldingi yonbosh o‘siqdan pastki sohaga yopishadi. Bu boylam tolalari uchta boylam tolalari bilan chatishib ketganligidan alohida ajratib bo‘lmaydi.
Boylamlarning ko‘pligi va son suyagi bo‘ynining uzunligi erkin harakatga yo‘l bermaydi. Bu bo‘g‘imda harakat asosan uch tomonlama sodir bo‘ladi; 1) frontal o‘q atrofida
son bukiladi va yoziladi; 2) sagittal o‘q atrofida son uzoqlashadi (70–75
o atrofida) yaqinlashadi; 3) vertikal o‘q atrofida son tashqari va ichkariga buriladi (40–60
o atrofida). Bundan tashqari, sonning pastki uchi o‘z doirasi atrofida aylanib kelishi ham mumkin.
Bo‘g‘im xaltasi orqa tomondan son suyagining bo‘yniga yopishmaganligi tufayli son juda erkin va yengil bukilishi mumkin (118–120
o), lekin uning yozilishi ancha chegaralangan bo‘ladi (19
o), chunki taranglanuvchi yonbosh-son boylami bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Chanoq-son bo‘g‘imi atrofida juda ko‘p va kuchli muskullar bo‘lgani uchun boylamlar harakat vaqtida
uncha qattiq taranglashmaydi, bunga muskullar yo‘l qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: