Oyoq suyaklari Chanoq haqida umumiy


BOLDIR SUYAKLARINING O‘ZARO BIRLASHUVI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/20
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari

BOLDIR SUYAKLARINING O‘ZARO BIRLASHUVI

Katta va kichik boldir suyaklari (70- ) o‘zaro proksimal va distal uchlari hamda tanalari orqali birlashadi.


Kichik boldir suyagining ustki uchi (boshchasi)dagi bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagining tashqi do‘ng tagidagi maxsus bo‘g‘im yuzasi bilan birlashib, yassi va harakatsiz bo‘g‘im –articulatio tibiofibularis proxcimalisni hosil qiladi. U old va orqa tomonidan har ikki suyak o‘rtasida tortilgan boylamlar – lig. capitis fibulae anterior va lig. capitis fibulae posterior vositasida mustahkamlangan.
Suyaklarning pastki uchlari qo‘shilishidan harakatsiz bo‘g‘im vujudga keladi. Bu bo‘g‘im ham xuddi yuqoridagi singari ikki boylam – lig. tibiofibulare anterius va lig. tibiofibulare posterior bilan mustahkamlanadi. Bu boylamlar tashqi to‘piqdan katta boldir suyagining uchiga tortilgan.
Suyaklarning bir-biriga qaragan tomonlaridagi chetlari o‘rtasida fibroz tolalaridan tuzilgan parda– membrana interossei cruris bo‘ladi. Parda tolalari katta boldir suyagidan kichik boldir suyagiga tomon qiyiq yo‘nalgan bo‘lib, suyaklar oralig‘ini butunlay to‘ldiradi, tepa qismida qon tomirlar o‘tishi uchun teshiklar qoladi.
Suyaklararo parda shu suyaklarni ma’lum bir tekislikda ushlab turadi. Bundan tashqari, pardadan boldirdagi chuqur muskullar boshlanadi.




70- . Boldir suyaklarining bo‘g‘imlari va boylamlari.
1–tibia; 2–lig. capitis fibulae an-terius; 3–membrana interossea cruris; 4–fibula; 5–lig. tibiofibulare anterius.

OYOQ PANJASI SUYAKLARINING BOLDIR SUYAKLARI BILAN O‘ZARO BIRLASHUVI

Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi bo‘g‘im yuzalari bilan oshiq suyagining ustki va ikki yon tomondagi yuzalari qo‘shilishidan oshiq-boldir bo‘g‘imi – art. talocruralis hosil bo‘ladi. Bunda katta boldir suyagining pastki uchidagi bo‘g‘im yuzasi oshiq suyagining ustki yuzasiga, boldir suyaklaridagi to‘piq yuzalari esa oshiqning ikki yon yuzasiga to‘g‘ri keladi. Birlashgan boldir suyaklari oshiq suyagiga minib turadi. Bu bo‘g‘im xaltasi old va orqa tomonda birmuncha erkin (bo‘sh) tortilgan bo‘lib, har uchchala qo‘shiluvchi suyaklar bo‘g‘im yuzalarining cheti bo‘ylab yopishgan. Xaltaning erkin turishi harakatni yengillashtiradi.


Bo‘g‘im to‘rtta boylam vositasida mustahkam-langan: 1) lig. mediale deltoideum (deltasimon boylam) katta boldir suyagi to‘pig‘idan boshlanadi va xuddi yelpig‘ich singari pastga tushadi-da, qayiqsimon suyak, oshiq suyagi va tovon suyagiga yopishadi; 2) lig. talofibulare anterior – oldingi oshiq-boldir boylami, kichik boldir suyak to‘pig‘idan boshlanib, oshiq suyagiga yopishadi; 3) lig. calcaneofibulare (tovon-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan boshlanib, tovon suyagining tashqi yuzasiga yopishadi; 4) lig. talofibulare posterius (orqa oshiq-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan oshiq suyagiga yopishadi.
Oshiq-boldir bo‘g‘imi g‘altaksimon bo‘g‘im bo‘lganidan harakat faqat bir o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida (63–66o) orqaga va oldinga bukiladi. Ko‘ndalang o‘q boldir suyaklarining to‘piqlari va oshiq suyagi o‘rtasidan o‘tadi. Panja pastga tomon bukilganda uni ikki yon tomonga salgina harakatlantirish ham mumkin.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin