Oyoq suyaklari Chanoq haqida umumiy



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/20
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari

Son uchburchagi (trigonum femorale) sonning oldingi yuzasida bo‘lib, tepa tomondan chov boylami (lig. inguinale), lateral tomondan mashinachi muskuli (m.sartorius) va medial tomondan oyoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor longus) bilan chegaralangan. Uchburchakning tubini yonbosh-bel (m. iliopsoas) va taroqsimon muskullar (m. pectineus) hosil qiladi. Kovak teshigi (lacuna vasorum) orqali qorin bo‘shlig‘idan chiqqan qon tomirlar va teri osti nervi sonning uchburchak sohasi orqali yo‘nalib, pastki burchagiga kelganda, yaqinlashtiruvchi canal (canalis adductoris) ga o‘tadi.
Yaqinlashtiruvchi kanalning kirish teshigi son uchburchagining pastki burchagida bo‘lib, sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus) bilan sonning medial tomondagi serbar muskuli (m. vastus medialis) orasida joylashadi. Taqim-boldir kanalining medial chegarasini sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus), lateral chegarasini esa sonning medial tomondagi serbar muskuli (m. vastus medialis) hosil qiladi. Kanalni old tomondan ana shu ikki muskul orasida tortilgan fibros plastinka (lamina vastoadductoria) chegaralab turadi. Kanalning chiqish teshigi taqim osti chuqurligining yuqori burchagiga ochiladi. Bu kanal orqali sondan taqim osti sohasiga son arteriyasi va venasi o‘tadi.
Taqim osti chuqurchasi (fossa poplitea) rombsimon shaklda bo‘lib, yuqori burchagi lateral tomondan ikki boshli muskul (m. biceps femoris) bilan, medial tomondan esa yarim parda va yarim pay muskullari (mm. semimembranosus et semitendinosus) yordamida chegaralangan. Rombsimon chuqurlikning pastki burchagi m. gastrocnemius ning medial va lateral boshlari bilan chegaralanadi. Taqim osti chuqurchasini shu nomdagi arteriya, vena, quymich nerv (n. ischiadicus) yoki uning shoxlari (katta va kichik boldir umumiy nervlari), yog‘ to‘qimasi va limfa tugunlari to‘ldirib turadi .
Taqim osti chuqurchasidan taqim-boldir kanali (canalis cruropopliteus) boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa tomonida orqadan m. soleus va oldindan m. tibialis posterior muskullari orasida bo‘lib, kanaldan n. tibialis va a. et v. tibialis posterior lar yotadi va ular medial to‘piqning orqa tomonidan oyoq kafti tomoniga o‘tadi. Canalis cruropopliteus ning shaxobchasi canalis musculoperoneus inferior (kichik boldir muskulining pastki kanali) bo‘lib, undan a. peronea o‘tadi. Bu kanal os fibulae ning o‘rta qismi bilan mm. flexor hallucis longus et tibialis posterior oralig‘ida joylashadi.
Boldirning yuqori qismida kichik boldir muskulining yuqori kanali (canalis musculoperineus superior) joylashgan bo‘lib, undan n. peroneus supereicialis o‘tadi.
Oyoq kaftida , m.flexor digitorum va m.abductor hallucis orasida kaftning medial egati (sulcus plantaris medialis ) bo’lsa, m.flexor digitorum bilan m.abductor digiti minimi o’rtasida kaftning lateral egati (sulcus plantaris lateralis) joylashgan . Bu egatlardan qon tomirlari va nervlar yo’naladi.
Adabiyotlar:

1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й.
2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й.
3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin