transversae (yoki Shopar bo‘g‘imi) deb atash mumkin. Bu ikki bo‘g‘im bir-biridan oldinma-keyin joylashgani sababli ko‘ndalang turgan lotincha “S” harfini eslatadi.
Shopar bo‘g‘imi ayrisimon boylam – lig. bifurcatum bilan tashqi tomondan mustahkamlanadi. Boylam tovon suyagining tashqi yuzasidan boshlanib ikkiga bo‘linadi. Ularning biri – lig. calcaneonaviculare qayiqsimon suyakning ustki chetiga, ikkinchisi lig. calcaneocubodeum kubsimon suyakning ustki yuzasiga yopishadi. Biror sabab bilan oyoq panjasining oldingi qismini shu Shopar bo‘g‘imidan ajratish kerak bo‘lib qolsa, ayrisimon boylamni kesmasdan turib, bu bo‘g‘imni ajratish qiyin. Shunga ko‘ra ayrisimon boylam Shopar bo‘g‘imining kaliti hisoblanadi. Bo‘g‘im egarsimon bir o‘q atrofida salgina (ichkariga va tashqariga) harakat qiladi. nechta suyaklar ishtirokida paydo bo‘lishiga qaramay, umumiy bitta xalta bilan o‘ralgan. U har tarafdan bir suyakdan ikkinchisiga o‘tuvchi va shu suyaklarning nomi bilan ataluvchi ko‘p sonli (ligg. cuneonavicularia plantaria et dorsalia, ligg. intercuneiformia interossea va ligg. intercuneiformia dorsalia et plantaria) boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Suyaklar oralig‘idagi torgina bo‘g‘im bo‘shlig‘i bir-biri bilan tutashgan.
5. Articulationes tarsometatarseae (kaft usti va kaft suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar) uchta ponasimon va kubsimon suyaklarning proksimal uchlaridagi bo‘g‘im yuzalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar birga qo‘shilib Lisfrank bo‘g‘imi deb ham ataladi.
Birinchi ponasimon suyak bilan bosh barmoqning kaft suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘imning shakli egarsimon bo‘lib, alohida xalta bilan o‘ralgan. Ikkinchi va uchinchi ponasimon suyaklar o‘rtasidagi ikki bo‘g‘im bitta xalta bilan, qolgan ikkitasi IV–V kaft suyaklari bilan kubsimon suyak o‘rtasidagi ikki bo‘g‘im ham bitta xalta bilan o‘ralgan.
Shunday qilib, ikki qator suyaklar oralig‘idagi Lisfrank bo‘g‘imi ko‘ndalangiga yoy shaklida o‘rtasi yuqoriga ko‘tarilgan, ikki cheti pastga tomon egilgan bo‘lib, harakat juda ham chegaralanganidan yarim bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bu bo‘g‘imlarning har biri ust tomondan lig. tarsometatarsea dorsalia, kaft tomondan lig. tarsometatarsea plantaria va ikki yon tomondan lig. tarsometatarsea interossea bilan mustahkamlangan.
Bo‘g‘im xaltalari ichidagi torgina bo‘shliqlar kaft suyaklarining yon oraliqlariga ham kiradi. Shuning uchun II, III, IV va V kaft suyaklarining bir-biriga qaragan yon yuzalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlarga art. intermetatarseae deb nom berilgan. Bu so‘nggi bo‘g‘imlar ust va ost (kaft) tomonlarda bir suyakdan ikkinchi suyakka ko‘ndalang o‘tuvchi lig. metatarsea interossea dorsalia va lig. metatarsea interossea plantaria boylamlari bilan mustahkamlanadi.
6. Articulationes metatarsopha langeae – kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar xuddi qo‘l panjasidagi singari kaft suyaklarining boshchalari bilan birinchi barmoq suyaklarining ustki uchlaridagi chuqurcha birlashishidan hosil bo‘ladi. Har qaysi bo‘g‘imning xaltasi bo‘g‘im yuzalarining cheti (chegarasi) bo‘ylab erkin tortilgan. Bu bo‘g‘imlarning ikki yon tomonida joylashgan lig. collateralia va kaft tomondagi lig. plantaria dir. Beshta kaft suyaklarining boshchalarini ko‘ndalangiga tortilgan boylamlar (lig. metatarseum profundum transversum) ushlab turadi.
Bu bo‘g‘imlarda harakat ko‘ndalang o‘q atrofida yuqori va pastga bukilsa, tikka o‘q atrofida barmoqlar uzoqlashib, yaqinlashadi. Bu harakatlar anchagina chegaralangan. Lekin qo‘lga nisbatan oyoqda
4. Articulatio cuneocuboideonavicularis – ponasimon suyaklarning orqa bo‘g‘im yuzalari bilan qayiqsimon suyakning oldingi bo‘g‘im yuzasi hamda kubsimon suyakning medial tomonidagi bo‘g‘im yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘im bir barmoqlarning yuqoriga tomon bukilishlari (ayniqsa panjaning uchi pastga qaratilgan holda) kuchli va ancha erkin sodir bo‘ladi.
7. Articulationes interphalangeae barmoq suyaklari (falangalari) o‘rtasidagi bo‘g‘imlar xuddi qo‘ldagi barmoqlar oraliq bo‘g‘imlariga o‘xshab tuzilgan.
Umuman oyoq panjasi bajaradigan vazifasiga ko‘ra qo‘l panjasidan ancha farq qiladi. Odam og‘irligi faqat oyoqqa tushishi sababli oyoq panjasidagi suyaklarning shakli va joylashish tartibi ham o‘zgaradi. Masalan, qadam tashlash vaqtida gavda og‘irligini yengillatish va oyoqning yerga tegish vaqtidagi zarbni organizmga sezdirmaslik uchun oyoq [oyoq panjasiga ichki (medial) tomondan qaralsa] kaft suyaklarining oldingi (pastki) uchlari bilan tovon suyagining orqa do‘ngi yerga qadaladi va ikki punkt oralig‘i yerdan anchagina ko‘tarilib, gumbaz holiga kiradi. Tashqi (lateral) tomondan qaraladigan bo‘lsa, bunday holatni
ko‘rmaymiz, chunki panjaning tashqi cheti ham yerga tegib turadi.
Gumbaz hosil bo‘lishida uzun kaft boylami – lig. plantare longum bilan oyoq tagidagi muskullarning katta ahamiyati bor. Agar shu omillar (boylam va muskullar) bo‘shashsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, yalpoq panja vujudga keladi, bu esa yurishni qiyinlashtiradi.
Oyoq gumbazi yurish paytida orqada qolgan oyoqni oldinga tashlash uchun ko‘tarish paytida gavdaning og‘irligini oyoqqa tushiradi va gumbaz eziladi, so‘ngra gumbaz sekin-asta bo‘shashib, gavdani oldingi tomonga (xuddi ressor singari) yo‘naltiradi, yurishni osonlashtiradi. Oyoq panjasidagi suyak, muskul, pay qon va nervlarni yozilishdan saqlaydi. Ana shuning uchun ham oyoq gumbazi yassi (yassi panjali) kishilar uzoq masofaga yura olmay, tez charchaydilar.
Dostları ilə paylaş: