1
axborotning
reprezentativligi
2
axborotning
aniqligi
3
axborotning
ishonarliligi
4
axborotning
barqarorligi
(Javobi )
Axborotdan foydalanish quyidagi asosiy iste'mol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Ularni
sharhlang.
№
Sifat
ko‘rsatkichlari
Sharh
1
axborotning
reprezentativligi
ob'yekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri
tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
2
axborotning
aniqligi
olinayotgan axborotning ob'yekt, jarayon,
xodisa va hokazolarning
real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
3
axborotning
ishonarliligi
axborotning real mavjud ob'yektlarni zarur aniqlik
bilan ifoda etish
xususiyati bilan belgilanadi.
4
axborotning
barqarorligi
axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar
aniqligini bilmasdan
o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
II. Eksport “Ikki qismli kundalik” jadvalini yig‘ib oladi. O‘qituvchi yangi mavzuni
slayd orqali bayon etadi.
(2-slayt)
39
1. Axborot texnologiyalari haqida
tushuncha.
Texnologiya so`zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik,
malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum
kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar,
metodlar va
vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko`rinishdan
ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig’ish,
qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish
jarayonidir.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashqil qilingan
jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-
tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari–telefon, teletayp,
telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini
belgilovchi
ichki va
tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
Ichki omillar- bu axborotni paydo bo’lish turlari,
xossalari,
axborotlar bilan turli amallarni bajarish,
uni jamlash uzatish,
saqlash va h.k.
Dostları ilə paylaş: