XORAZMshoh-Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi
Xulosa XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoliy-gʻarbiy va harbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubiy gʻarbda Iroqqa qadar borar edi. Janubiy-sharqiy hududlari qazna viloyatidan, shimoliy-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti qipchoqdan oʻtar edi. Bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Biroq qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar Xorazmshoh Alovuddin Muhammadni esankiratib qoʻydi. U oʻzini dunyoda eng qudratli, yengilmas shoh deb hisobladi. Shu bilan birga oʻzini “Iskandari soniy” (“Ikkinchi Iskandar”) deb ham atay boshladi. 1217- yil Xorazmshoh lashkarlarining Bogʻdodga qarshi yurishida omad uncha boqmadi. Biroq, 1219- yil moʻgʻullar Movarounnahrga hujum boshlaganligi toʻgʻrisida xabar keldi. Xorazmshoh faqat tashqi koʻrinishdangina kuchli koʻrinar edi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning norozilik harakatlari Xorazmshoh davlatni zaiflashtirdi. Chingizxon boshliq moʻgʻullar hujumiga bardosh bera olmay, saltanat tez fursatda qoʻladi. Tarix fanlari doktori,professor Ashraf Ahmadning “Dunyo o`ta bevafo ayolga ham, keksa donoga ham o`xshaydi. Shuning uchun tarixni bilish, u bilan “sizlashish” kerak. Undan “kim edik,kim bo`lganmiz,endi kimmiz,ular kim edilar,endi kim bo`ldilar”- degan savollarning barchasiga javob topish mumkin. Shuning uchun tarixni mutolaa va u haqida munozara qilmoq kerak” – degan so`zlari bilan boshlashni joiz topdim. Rostdan ham tarix ba`zan o`ta bevafo va adolatsiz. Jumladan Xorazmshohlar davlatining ayanchli yakuni bunga misol. Yoki sohibqiron Amir Temur zahmatlar ila birlashtirgan,tinchlik o`rnatgan davlatning parchalanib ketishi va oxir-oqibatda qulashi,yaqin tarixda esa yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan jadidlarning, yurt fidoiylarining taqdiri bunga yaqqol misol. Xoramshoh Otsiz hayotida ham xuddi shunday adolatsizliklar mavjud. Ulardan eng muhimi Xorazmshohlar mustaqilligi yo`lida 18 yillik kurashi(1138-1156-yillar) davomida kechgan zahmatlari(farzandidan ayrilishi,bir necha marotaba sulton Sanjarga bosh egishga majbur bo`lishi, turli mag`lubiyatlar va g`alabalar)uchun unga davlatinining mustaqilligi,kuchayishi,tarqqiyotini ko`rish nasib etmadi. Ko`pchilik Xotazmshohlar davlatini o`rganishni 1-o`rinda sulola asoschisi Qutbiddin Muhammad davridan o`rganish kerak deyishi yoki Sulolaning asl mustaqilligini va qudratini ta`minlagan Sulton Takash davridan boshlash kerak deyishi mumkin. Ammo menimcha Xorazmshohlar tarixini o`rganishda,uning Saljuqiylar qaramligidan qanday mustaqillik tomon qadam qoyib borganligi, qudratli davlatga aylanganligini bilish uchun albatta Otsiz va uning hukumronligini o`rganishi tadqiq etishi shart va lozim. Chunki qudratli va mustaqil Xoramshohlar davlatiga tamal toshini qoyib ketdi va keyingi avlodlari uchun Buyuk davlat qurish uni rivojlantirish uchun zamin tayyorladi. Xulosa qilib aytganda Otsiz buyuk davlatga asos solgan ajdodlariga namuna bo`ldi, yo`l ko`rsatdi, imkoniyat yaratdi.