XORAZMshoh-Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi
Madaniy hayot. Xorazmshohlar davrida fan va madaniyat rivoji a’lo darajada bo‘lgan. Ayniksa, sulton Takash va Alouddin Muhammad davrida madaniy hayot ravnak topgan. Xorazm she’riyat maktabining deyarli barcha vakillari saroy shoirlari edi. Xorazmshohlarning barcha namoyondalari keng bilimli kishilar edi. Ular san’atni kadrlaganlar, nazmda ijod qilib, musika asboblarida kuy chalishni bilganlar.
Bu zamonda madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan tuldirish, iste’dod soxiblarini jalb qilish va nodir manbalarni asrash kabi odatlar rivojlangan. Xorazmshohlar davrida olimu-fo‘zalolarga xomiylik ko‘rsatilib, mamlakatda ilmu-fan bilan shugullanishga shart-sharoit yaratib berilgan edi. Bu yurtda ko‘plab matematiklar,yuldo‘zshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf kabi olimlar o‘z saloxiyatlarini namoyon qilib faoliyat yuritganlar va Xorazm shon-shuxratini olamga tanitganlar.
Xorazmda Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, yangi Avesta kalendaridan foydalanishgan. Xorazmliklarda quyosh kalendari bo‘lib, u 365 kun, 12 oydan iborat bo‘lgan. Har bir oy 30 kun bo‘lib, o‘ziga xos nomlar bilan atalgan. Qolgan 5 kuni oxirgi oyga qo‘shilgan.Lekin unda qo‘shimcha 6 soat inobatga olinmagan6. Xorazmshohlar davlati mamlakatni boshqarishda, tashki va ichki siyosatida, ilm va ma’rifat ravnaki yo‘lida olib borgan sayi-harakatlari bilan tariximiz zar varaqlarida o‘chmas iz qoldirdilar.
Xorazmshohlar - Anushteginlar davlatida saroy boshqaruv tizimi, unvonlar va mansablar. Manbalarda Xorazmshohlar saroy boshqaruvi,turli mansablar haqida qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Hukmdorlarning a’yonlari va mulozimlari saroyda yashab turgan sulola a’zolari hamda saroy hayotiga oid tashriflarni tashkil etishga safarbar qilingan xizmatchilardan tashkil topgan.
Anushteginiylar davrida davlat mansablari ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo’linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat tomonidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Xorazmshohlar davlatida Buyuk Devon hukumat idorasining eng oliy organi bo’lgan. Davlatda moliya - soliq, harbiy va boshqa mahkamalar juda muntazam amal qilardilar. Vazir, sohibi devon (vazirdan keyingi oliy mansab) mansablari bo’lgan. 191 Нон-туз хакки. Урта Осиёда мавжуд булган одатдир. Тантилик ва яхшилик рамзидир. Юкорида курганимиздек, Жалолиддин Хоразмшох гуржилар кушини таркибида булган кипчокларга нон-туз юборган ва улар жанг майдонини тарк этганлар. 107 Lavozimning ahamiyati, mavqeiga ko’ra quyidagi devonlar mavjud bo’lgan: Devoni insho, devoni istifo, devoni ishraf, devoni arz va devoni nazar. Shuningdek, Xorazmshohlar davlatida viloyat tashkiloti ham bo’lib, viloyatlarga noib va vazirlar hokim etib tayinlangan. Vazir viloyatning eng vakolatli boshlig’i bo’lgan. Xorazmshohlarning harbiy tashkiloti ham saroy va hukumat tashkiloti singari saljuqiylarnikiga o’xshash bo’lgan. Armiya qo’mondonlarining rutbalarida Alouddin Muhammad davridan boshlab bir qancha o’zgarishlar qilingan. Jaloliddin Xorazmshoh davrida ham sulton Alouddin Muhammad davriga nisbatan armiyaga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Xorazmshohlar davrida qo’shinga oid boshqaruv ishlari bilan Buyuk devonning bo’limi - devoni arz shug’ullangan. Ba’zi katta viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham bor edi. Qo’shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi iqto’larga ega bo’lishgan. Iqto egalaridan tashkil topgan suvoriylar Xorazmshohlar davlatining turli tomonlariga yerlashgandi. Ular viloyat askarlarini tashkil etgan. Bundan tashqari hukmdorning gvardiyasi ham mavjud edi. Jaloliddin davrida viloyat armiyasini tashkil etgan unsurlarda ba’zi o’zgarishlar qilindi. Uning davrida viloyat qo’shinlarining ayrim qismlari turkmanlardan tashkil topdi. 192 Qazovat, qozilik mahkamasi . Xorazmshohlar davlatining adliya tashkiloti ilk davrlaridan boshlaboq mukammal va muntazam bir mexanizmga ega bo’lgan. Adolat tashkiloti butun o’rta asr turkiy - islom davlatlarida bo’lgani singari, shariat sudi va urf-odatga ko’ra hukm chiqarishga asoslangan edi. Xalq orasidagi doimiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar va da’volar shariat sudlarida ko’rilgan. Qozi o’zi hukmdor bo’lgan viloyatga fiqxda “viloyati qozon” deyilgan. Bu ma’noda qozi umumiy siyosatdan tashqarida turgan. Xususan, ijro salohiyati bo’lmagan, so’zini ijro quvvati bilan bajo keltira olmaydigan qozilarning omma bilan aloqador masalalar to’g’risida hukm chiqarishi to’g’ri bo’lmas edi. Qozining kuchi uning hukm chiqarish qudratidir. Ijro qudrati bu doiraga kirmaydi. Adliya tashkilotining boshida “aqza’ al-quzot” turgan. U poytaxtning eng katta qozisi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning butun sud ishlarini ham boshqargan. Bu maqomning egasi mamlakatdagi barcha qozilarni ishga tayinlagan yoki bo’shatgan, ular tomonidan chiqarilgan va e’tirozga uchragan hukmlarni qayta ko’rgan. U hatto o’zi chiqargan bir hukmning xato ekanligini bilib qolgan taqdirda, uni tuzatish vakolatiga ega bo’lgan. Qozilarning huzurida noib, kotib va vakil unvoniga ega bo’lgan xodimlar ishlagan. Ular qaror va hukmlarni yozar, muhofaza qilar edilar. Davlat tomonidan chiqarilgan ma’lum bir ta’rifga asosan, ko’rilgan har bir ish uchun xarj olingan. Sudlar chiqargan hukm va ajrimlar yozib boriladigan muntazam ro’yxat daftari bo’lgan. Akza’ al-quzotning sud devonida vaqf egalarining ishlarini ko’radigan mufattish va muhosib singari xodimlar ham ishlagan. Binobarin, bu devon keng miqyosdagi bir tashkilot edi. Shariat sudlaridan tashqari, urf va qonunga asoslangan ayrim sud masalalari ham mavjud bo’lgan. Ular osoyishtalikni buzgan, qonunlarga rioya etmaganlarni jazolar edilar. Armiyada esa qo’shin qozilari ish ko’rgan. Faqat ayb ish qilib qo’ygan askarlarni ularning o’z amiri jazolagan. Xuddi shuningdek, saroyda ham aybdor xizmatchini uning amiri jazolagan. Xoh fuqaro, xoh harbiy bo’lsin, yuqori 193 Низом ул-мулк. Сиёсатнома. - Б. 45-62. 109 martabali kishilarga nisbatan qilingan shikoyat da’volari hukmdor tomonidan boshqarilgan mazolim devonida ko’rilgan. Bu davrda “yulak” deb nomlangan bir mazolim devoni mavjud bo’lgan. Bu mahkamani harbiy tashkilot mansabdorlaridan xon boshqargan. Mazkur devon asli turkiy bo’lgan qo’mondonlarning aybi to’g’risida urug’ urf-odatlariga muvofiq hukm chiqargan. Bu o’sha zamonda shariat huquqidan tashqari, urf-odat huquqi ham mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Viloyat markazlari hamda viloyatga bog’liq shaharlarda ham qozilar va sud tashkiloti mavjud bo’lgan. Qozilik o’sha vaqtda muhim va hurmatga loyiq bir idora bo’lgan. Idoraviy da’volar, jumladan davlat arkonining da’volari vazir rahbarlik qiladigan devonda ko’rilgan. Jinoyat ishlari esa qozi boshchiligidagi sudda ko’rilgan. Qozi qotillikda ayblangan xonadon a’zosini, davlatga qarshi bosh ko’targanlarni, harbiy asirlarni sud qilar va ular ustidan hukm chiqarardi. Ayni zamonda eng oliy hukmdor sifatida sulton o’z xonadoni a’zosidan tortib, oddiy bir asirgacha istalgan bir shaxs ustidan bevosita hukm chiqara olar, lozim topganida esa ularning ishini qoziga oshirardi. Yuqorida aytilganidek, ustidan ish qo’zg’atilgan davlat arkonining ishi sultonning amri bilan va faqat u lozim topgandagina Buyuk devonga oshirilar, o’sha yerda ko’rilardi. Ajam noibi Sharafutdin Alining ishi Buyuk devonda ko’rilgani buning yorqin dalilidir. Isfahon shahrining nufuzli kishilari noibning idora usulidan vazir Sharafulmulkka shikoyat qildilar. Vazir bu masaladan sultonni ogoh etdi. Sulton esa masalani Buyuk devonga havola qildi. Faqat Buyuk devon sultonning ta’siri ostida noibni oqladi. Jaloliddin o’zi yaxshi ko’rgan7 Ozarbayjonning sobiq otabegiga O’zbekning tarafdorlari isyon ko’taradi. Isyon bostirilib, qo’lga tushgan isyonchilar Tabrizga keltiriladi. Shunda Sharafulmulk qozidan: “Musulmonlar mo’g’ullarga qarshi jon olib - jon berib turgan bir paytda sultonimizdek bir insonga qarshi isyon ko’targanlarning jazosi nima?”,- deb so’raydi. Qozi unga javoban Qur’onning o’ttiz yettinchi surasini o’qiydi. SHundan keyin isyonchilarning ikkitasi chormixga yo’li bilan qatl qilindi. Boshqalari ham turli jazolarga mahkum etildi. Jaloliddin Ozarbayjonning sobiq otabegi O’zbekning xotiniga ham qozining qaroriga muvofiq uylangan. Tabriz qozisi Iziddin Qazviniy ayoldan O’zbekning ajrashlariga oid qaror chiqarganidan keyingina nikoh o’qitilgan195. Xorazmshohlar davlatida davlat tashkiloti, davlatchiligi negizini Saroy, Hukumat, O’rdu (Qo’shin) va Dor ul-qazo (sud mahkamasi) tashkil etgan. Xorazmshohlar davlatida davlat mansablari ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo’lingan. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat tomonidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Markaziy moliya soliq mahkamasining tuzilishi juda muntazam bo’lib, unga vazir, sohibi devon, munshiy, sohibi devoni istifo yoki mustavfiy (ya’ni daftardor), sohibi devoni ishraf yoki mushrif, hojibi xos, sohibi devoni arz yoki ariz va nozirlar, boshliq bo’lishgan. Bu mahkama turli-tuman soliq to’lovchi tabaqalarning hisobini olishda, davlatning tashqi va ichki ishlari yuzasidan vasiqalar hozirlash, davlatning moliyaviy ishlarini yuritish, boshqarib turish, davlat darajalari, idoralarini taftish qilib turish, qo’shin boshqaruvi, harbiy qo’shinni to’plash, harbiy boshliqlarni tayinlash, xorijiy elchilarni qabul qilish kabi masalalar bilan shug’ullangan. Davlatda ta’sis etilgan vazir, sohibi devon, hojib yoki ulug’ hojib, mastavfiy, nozir va ariz lavozimlari saroydagi eng yuqori lavozimlardan hisoblanib, bosh vazirlik vazifasiga to’g’ri kelardi. Mamlakatning butun hududi ma’muriy jihatdan viloyat tashkiloti, ya’ni viloyat va viloyat vazirliklariga bo’lingan. Vazir viloyatning eng vakolatli boshlig’i bo’lib, poytaxtdagi singari, viloyatlarda ham vazirga qarashli bir oz 195 Ан-Насавий. Курсатилган асар. - Б.145-146. 111 kichikroq devonlar bo’lgan. Devoni istifo, devoni ishraf, devoni nazar va devoni arz kabi idoralar mavjud edi. Viloyatda vazirdan keyin eng nufuzli mansab egasi omil bo’lib, omil “voliy” ma’nosida ishlatilgan. Omil boshqaruvchi yoki noib kabi vakolatga ega bo’lgan va ason soliq to’plash bilan shug’ullangan. Uning bundan tashqari, ba’zi boshqaruv vakolatlari ham bo’lganligi ma’lum. SHuningdek, shixna, rais, muhtasiblar ham viloyatning jamoat tartibi, soliq yig’ish masalalari, shaharni boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajarganlar.