O`zbek davlatchilik tarixi



Yüklə 43,62 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü43,62 Kb.
#135343
1   2   3   4   5   6   7
O`zbek davlatchilik tarixi-fayllar.org

Kurs ishining obyekti: Chorizmning Turkiston mustamlakachiligini kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma`rifiy siyosati.
Kurs ishining predmeti: Chorizimning Turkiston mustamlakachiligini kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma`rifiy siyosatini o`rganish va taxlil qilish.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: Kurs ishi “Kirish”, ikki bob, 4 ta paragraf, “Xulosa” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati” dan tashkil topgan bo`lib, umumiy hajmi 24 sahifadan tashkil topgan.


I.BOB. Turkistonda Chor imperiyasi siyosatining asosiy yo`nalishlari.
1.1. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi.
Rossiya davlatining hukmron doiralarida XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Qo`qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga nisbatan istilochilik ruhi avj olib, Aleksandr II hukumatining tashqi siyosatida jamgari generallar mavqeyi kuchaydi. General ad`yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga, graf N.Ignatyevning esa Bosh shtab Osiyo bo`limi rahbarligiga tayinlanishi Rossiyaning O`rta Osiyoda keskin o`zgarishlarni amalga oshirishidan darak berar edi. Buning ustiga Rossiya harbiy josuslarida O`rta Osiyoning iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqida yetarli josuslik ma`lumotlari bor edi. N. Ignatyevning o`zbek xonliklarining haqiqiy ahvoli va ularni Rossiya nazoratiga olishni qay yo`sinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu ma`lumotlar orasida alohida ajralib turar edi. Shu sabali ham graf Ignatyev birinchi galda Qo`qon xonligini bosib olishni taklif etadi. Ana shu taklifga ko`ra Rossiya Qo`qon xonligiga qarshi 1860-yilda urush harakatlarini boshladi.
Chor Rossiyasining zobitlari o`rtasida o`zining cho`rtkesarligi va o`ta jangariligi bilan dong`I chiqqan polkovnik Mixail Cherniyayev 1864- yilda Avliyoota shaxriga yurish boshlaydi. Avliyoota ximoyachilari ruslar bilan mardonavor kurashdilar. Shahar hokimi Niyoz Ali dodhoh shaxarni tashlab Turkiston tarafga qochib ketganligiga qaramay, shaxar aholisi o`z tashabbusi bilan shaharni mudofaa qilishdi. Shahar himoyasida hatto ayollar ham qo`lida qurol o`z ona tuproq ximoyasida shaxid bo`lganlar.2
Lekin shunga qaramay polkovnik Cherniyayev Avliyootada qo`lga kiritgan g`alabadan so`ng general-mayor darajasiga ko`tarilgan. Turkiston shahriga hujum qilgan polkovnik Veryovkin qo`shinlari ham hunrezlikda Cherniyayevdan qolishmagan. Ular hatto hazrat Ahmad Yassaviy maqbarasini ham to`pga tutishdan tap tortishmagan.
Avliyoota va Turkiston kabi muqaddas shaharlarning ruslar tarafidan bosib olinganligi haqidagi habar butun Qo`qon xonligini emas, balki butun musulmon olamini larzaga soldi. Lashkarboshi Alimqul bor kuchlarini to`plab, harbiy tayyorgarlikni kuchaytirdi.
Yurt vatanparvarlari bilan chorizm qo`shinlari ning Chimkent uchun bo`lgan hal qiluvchi jangi 1864-yil 14- iyul tongida boshlanadi. Urush uch kun davom etgan. Bu haqida tarixchi Muhammad Solih ma`lumot bergan. Chimkent uchun bo`lgan kurashda vatanparvar himoyachilar g`alabaga erishgan. Rus qo`shinlari chekingan. Lekin Cherniyayev qo`shinlari 14-sentabrda ikkinchi marta Chimkentga yurish boshladilarva Chimkentni egallashdi.
1864- yil 1- oktabrda Toshkentga yurish boshlandi. Yana mag`lubiyatga uchrashi Chimkentga chekinishdi. 1865-yil 17-iyunda Toshkent egallandi. Harbiy istilochilik harakatlari olib borilgan hududlarda Turkiston viloyati tuzildi. Unga Cherniyayev general gubernator etib tayinlanadi.
Endi urush harakatlari Buxoro amirligi tomon qaratildi. 1866-yil 8-mayda Erjar qalasi yaqinida amir qo`shinlari mag`lubiyatga uchratildi. 1866-yil kuzida O`ratapa ham egallandi, 6-oktabrda esa Jizzax egallandi. 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tashkil etilgan. 1868-yilda Samarqand bosib olishga kirishildi. Chunki Kaufman Amir Muzaffar qo`shinlari Samarqanda yashiringanligini taxmin qilardi. Samarqand qamalga olinadi. 8-iyunda himoyachilar taslim bo`lib tog` tomonga chekinishga majbur bo`lishadi. Shu tariqa Samarqand ham egallanadi.1868- yil 23-iyunda amir Muzaffar bilan fon Kaufman o`rtasida bitim imzolanib, Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylantiriladi. Bu ham yetmaganday Buhoro amirligi boshiga juda katta o`lpon yuklashdi. Buxoro amirligi ham amalda o`z mustaqilligidan mahrum bo`ldi. Buhoro hukmdori esa siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan vassal deya yuitila boshladi. Buhoro amiri endi hech qanday qonun yoki qarorni o`zi shunchaki qabul qila olmay qoladi. U rus vakillari bilan maslaxatlashib ish tutishga, markazdan kelgan qonunlarga so`zsiz amal qilishga majbur bo`lib qoldi. Amirlik ahvoli haqida esa kunlik malumotlar rus ma`murlariga yetkazib turilgan.
Rossiya imperiyasi O`rta Osiyoda olib borgan istilochilik yurishlari natijasida bosib olgan hududlarida mustaxkam o`rnashib olgach, Xiva xonligiga kurash boshlaydi. Ammo Xiva xonligiga kurash uchun besh yil tayyorgarlik ko`rishadi. Chunki Xiva xonligi buyuk Xorazm davlatining vorisi sifatida hali ham ruslarni cho`chitar edi. Buning ustiga Xiva xonligini egallanishi ruslarga Kaspiy dengiziga bemalol chiqishga imkon berardi. Shu sababli ham ruslar Xiva xonligiga juda katta qiziqish bildirganlar.istilochilar uch yo`nalishda Xiva xonligiga bostirib kirishgan. Fon Kaufman Xiva xonligini hamma tomonlama siyosiy jihatdan ham yakkalab qo`yish siyosatini qo`llagan. Buxoro amiri ham ruslarga sodiqlikka qasamyod qilgan. Shu sababli ham Xiva xonligi yakkalanib kuchli raqib bilan urush qilishga tayyorlana boshlaydi. Dastlab ruslar Xiva xonligi bilan tinch yo`l bilan kelishishni taklif qilishgan va o`z hohishi bilan taslim bo`lishini buyurishgan. Lekin rad javobini olgach urush harakatlarini boshlab yuborishadi. Istilochilar yo`lda uchragan shahar va qishloqlarni ayovsiz talaydi va o`t qo`yib, kulini ko`kka sovurib kelishar edi. Ammo Xorazm xalqi bahodirlari dushmanga bo`sh kelmay kutilmagan joylarda ularga hujum qilishdi. Jangovar Turkman urug`lari: yuvmutlar, chovdurlar, imralilar, ko`kalanglar dushman izidan ketma-ket borib ularga jiddiy talafotlar yetkazib turishgan.
1873-yil 29-may kuni ruslarnig asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo`ldilar. Xiva xoni ortiqcha qon to`kilishini istamay muzokara boshlash uchun o`z vakillarini Fon Kaufman huzuriga jo`natdi. Ammo urushqoq general xonning taklifini javobsiz qoldirib, hujumga kirishdi. Xiva xoni taklifi javobsiz qolganligi sababli Turkman va yovmutlardan madad so`rashga kirishadi. Shunday paytda xonning oila azolari birdam bo`lmay, turli nizolarga berilib ketishadi. 1873-yil 29-may kuni Xorazm saltanatining poytaxti Xiva shaxri ishg`ol etildi. Shaxarga g`olibona kirib borganTurkiston, Orenburg, Kavkaz qo`shinlari talon taroj qilishga kirishdilar.xon saroyidagi qimmatbaho buyumlar, zeb ziynatlar, oltinu kumushlar qimmatbaho kitioblar va qog`ozlar Peterburgga jo`natilgan. Bosqinchilar avvaldan puxta o`ylangan reja asosida Xorazmning moddiy va manaviy boyliklarini talon taroj qilishga kirishdilar.
Xiva xoni Kaufman bilan muzokara boshlash uchun Gandamiyon bog`iga yetib keldi. Xiva xoni ham amalda barcha huquqlaridan maxrum etildi. Xonlik hududi esa vassal davlat sifatida Rossiya imperiyasiga qaram bo`lib qoladi.
Ma`naviy xazinamizni talon taroj qilinishida general-gubernator fon Kaufmanning qo`li uzun va imkoniyatlari cheksiz bo`lganligi bois ham u yurtimiz boyliklarini ayovsiz taladi. Eng nodir asarlar va buyumlar Peterburgga jo`natilib, hozirgi kunda ham asl kitoblar va buyumlar Sank-Peterburg muzeyida saqlanayotganligi hech birimizga sir emas.
Xullas ruslar bosqini arafasida birdamlik va bir birini qo`llab quvvatlamaslikning yo`qligi ona zaminimizni ruslar qo`liga qaramligiga o`tib ketishiga olib keladi. Agar xonliklar bir biriga yordam berib umumiy dushmanga qarshi birga kurashganda edi balki buyuk davlatimiz o`z mustaqilligini saqlab qolgan bo`larmidi. Olib ketilgan qadrli boyliklarimiz ma`naviy xazinamiz o`z qo`limizda bo`lib, shonli tariximiz o`tmishi buyuk g`alabalar bilan yana boyiganda nur ustiga alo nur bo`lishi shubxasiz edi. Lekin nima bo`lganda ham bu bizning tariximiz uni o`zgartirishga yoki unutishga esa bizning haqqimiz yo`q. bizning asosiy vazifamiz esa shu mutxish o`tmishdan to`g`ri hulosa chiqarib, kelajakda bunday xatolarga yo`l qo`ymaslikni o`rganishdir. Ruslar kirib kelganligining ijobiy tomonlarini ham unutmaslik lozim. Hozirgi kunga qadar faoliyat ko`rsatayotgan ko`plab zavod va fabrikalar ham aynan ruslar tomonidabn barpo etilgan. Mamlakatimiz hududiga temiryo`llar yotqizilgan. Nima bo`lganda ham biz bu davr odamlaridan nolishga haqqimiz yo`q chunki ular ham davr qurbonlari bo`lishgan.
Yuqorida aytib o`tilganidek yurtimiz hududi birin ketin ruslar tomonidan bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi. Va ruslar ixtiyoriga ko`ra boshqarila boshladi.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya imperiyasi O`rta Osiyoda o`zbek davlatchiligining barcha ko`rinishini tag tomiri bilan yo`qotish va rusch aidora uslubini qat`iy joriy etish bo`yicha izchil yo`nalishda ish olib bordi. Ma`muriy-boshqaruv tizimi ana shu maqsadga qaratilib, Turkiston o`lkasi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya guberniyalariga aylanishi barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma`naviy choralar ko`rilgan edi.

Yüklə 43,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin