O‘zbek guruhi talabasi ning



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/10
tarix08.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#131486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
psixalogiya mustaqil ish - копия









Metodika tushunchasi

Metodika tushunchasi yurtimizda ilmiy doirada keng qo’llanib kelinadi. Bundan tashqari u bilan yonma-yon usul, uslub kabi o’zbekcha muqobillari ham ishlatiladi. Bizning nazarimizda ilmiy doirada xalqaro so’z bo’lgan METODIKA atamasi qo’llangani maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan qarashlarimizda metodika so’zidan foydalanamiz.

Metodika tushunchasini o’rganishdan avval uning negizini tahlil qilib ko’rsak. Metod o’zi nima?

Metod bu biror maqsadni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yo’l, usuldir. Aslida kundalik hayotimizda har sohada, har soniyada undan foydalanamiz. Misol uchun, dushanba kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo’lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida o’ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma'quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo’llashimiz mumkin bo’ladi


Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi. 


  • Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi. 

  • Chet tillarni o’qitishda ham, yuqoridagi misol kabi, maqsadga ko’ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib boriladi. O’qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo’lsa, ya'ni maqsadni to’g'ri qöyib unga mos metodni qo’llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o’quvchilar darsda o’rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko’nikma va malakalardan mamnun bo’ladilar.

  • Chet tilini o’qitish va o’rganish uchun ko’p soatli dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar minglab maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi zarur bo’ladi. Demak, o’qituvchi va o’quvchi minglab metodlarni bilsa, qo’llay olsa, oldiga qo’ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli erisha oladi. Xo’sh buning uchun ular nima qilishi kerak? Ushbu savolga javobni boshqa bir maqolamizda izlab ko’ramiz.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin