Oʻzbek milliy mafkurasi- jamiyatimiz huquqiy madaniyatining asosi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix06.12.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#120559
Oʻzbek milliy mafkurasi- jamiyatimiz huquqiy madaniyatining asosi



OʻZBEK MILLIY MAFKURASI-
JAMIYATIMIZ HUQUQIY
MADANIYATINING ASOSI
ПОДЗАГОЛОВОК


Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud 
boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. 
Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb 
tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi 
maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki “milliy” sifati “millat” soʻzidan kelib 
chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan 
“jamiyat” yoki “davlat” maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura 
tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha 
millat vakillariga tegishlidir



Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli
millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini
mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish
uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va
hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni
koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan
gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, 
muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, 
xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan
ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy
maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura
har qanday millatchilikdan, boshqa elat va
xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati
va qarashlardan xolidir.


U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va 
dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad 
atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini 
asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy 
omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda 
tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar 
erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 
12moddasida “Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida 
oʻrnatilishi mumkin emas”, deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl 
qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir



Ma’naviyat atamasi muhim tushuncha bo’lib, u islomiy an’analarga
bog’liq. Davlatni yetuk fuqarolar bilan ta’minlashda ta’lim va tarbiya
bilan birgalikda ma’naviyatga alohida e’tibor qaratish kadrlar tayyorlash
milliy dasturining asosiy mazmuniga aylantirildi”

Prezident Mirziyoyev aski modelni yoqtirmaydi. U madaniy yoki
iqtisodiy izolyatsiyaga qarshi. Mirziyoyev madaniy izolyatsiya va omma
fikrining manipulyatsiya qilinishini O’zbekiston manfaatlariga zid deb 
hisoblaydi”



Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston davlat mafkurasida pan-turkizm
elementlari ko’zga tashlandi. Bu siyosatda Turkiya modeli asosiy namuna sifatida
tanlab olindi. Ammo 90-yillarning ikkinchi yarmiga kelib Turkiyadan uzoqlashish davri
boshlandi.

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan “ma’naviyat va ma’rifat” tushunchasi milliy
mafkura sifatida tez-tez tilga olinadigan bo’ldi. Ushbu g’oya asosida maktablarda va oliy
o’quv yurtlarida maxsus darslar tashkil etildi. Ma’naviyatli va ma’rifatli bo’lish fuqarolik
burchlaridan biriga aylandi.

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan o’z milliy yo’li va tarixini qurishga tushdi. 
Milliy o’zlikni anglash va yaratishga qaratilgan bu siyosat maktabdan tortib oliy bilim
yurtlarigacha o’quv dasturlariga kiritildi. O’zbekiston milliy mafkurasida islom dini
elementlari hamda vatanparvarlik, milliy istiqlol g’oyasi kabi siyosiylashgan
tushunchalar ham bor. Bu modelning g’oyaviy va falsafiy asoslari nimalardan iborat? U 
amalda o’zini qanchalik oqladi? O’zbekistonlik yosh tadqiqotchilar Jorj Vashington
universitetida shu mavzuda ma’ruza o’qidi.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin