O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Nomanavislikning XIV-XV asrlardagi taraqqiyotiga bir nazar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə39/83
tarix05.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124811
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
1.5. Nomanavislikning XIV-XV asrlardagi taraqqiyotiga bir nazar. Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari ta'sirida Xo’jandiyning «Latofatnoma», Amiriyning «Dahnoma», Sayid Ahmad ibn Mironshohning «Taashshuqnoma» asarlari yaratildi.
Xo’jandiy “Latofatnoma”ning muqaddimasida bir do’stining:
Muhabbat jomidin ichsang sharobe,
“Muhabbatnoma”ga aysang javobe,
- degan taklifi bilan o’z asarini yozganligini, shuningdek, xotimada Xorazmiyni tilga olib “Oqusa yo’lli (yaxshi, yaroqli) deb qilg’aydi tahsin” deya faxriya bayt keltiradi. Xo’jandiy asari o’n nomadan iborat:
Tilimda so’z alimda xoma bo’ldi,
“Latofatnoma” ham o’n noma bo’ldi.
Asar “Muhabbatnoma” kabi hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan.
Noma janri taraqqiyotiga Yusuf Amiriy ham munosib hissa qo’shdi. Amiriy haqida Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: “Mavlono Amiriy turk erdi va turkcha she’ri yaxshi voqe’ bo’lubdur… Va bu bayt aning “Dahnoma”sidindur:
Na yemakdin, na uyqudin solib so’z,
Emakdin to’yub, uyqudin yumub ko’z….
Uning “Dahnoma” asari hijriy 823, melodiy 1420-yilda yozilgan. Bu haqda quyidagi tarix baytda ma’lumot beriladi:
Bitidik emdi tarixini kotib,
Erur tarixi uchun “zabti vojib10
Yusuf Amiriy noma janri kompozitsiyasini takomillashtirishga intilib, unga epik xususiyat berdi. Asosiy qism bo’lmish nomalardan oldin kichik bir sujet keltirib, unda lirik qahramon ma’shuqa bilan uchrashib qolganligi, minozaraga kirishganligi, biroq oshiqning nojo’ya gaplaridan ma’shuqa arazlab ketganligidan keyin, unga noma yozishga kirishganligini ta’riflaydi. Asarda oshiq va ma’shuqaning o’ntadan nomasi (jami yugirmata) o’rin olgan. Doston oshiqning kechirilishi va visol bilan yakunlanadi. “Dahnoma”ning yana bir o’ziga xosligi sarlavhalarning forsiyda qo’yilganligidadir.
Said Ahmad ibn Mironshahning “Taashshuqnoma”si ham shu janrda yaratilgan o’ziga xos asarlardandir. Alisher Navoiy tilga olingan asarida Yusuf Amiriy haqida “… heyli mashhur nazmlari bor. Ham g’azal, ham masnaviy, ham turkiy, ham forsiy g’azal tavrida devoni bor”, deya ma’lumot beradi.
Dostonning yozilish sababi Majnunni tush ko’rish voqeasi bilan bog’langan. Asarda har bir nomadan keyin g’azal va “So’ning xulosasi” (soqiynoma) o’rin olgan. Bu qismning so’nggi bayti tarje’ ya’ni takrorlanuvchidir:
Tahammul yaxshi ishdur pasha qilmoq,
Taxayyul birla ham andesha qilmq.
Bu Xorazmiyning takrorlanuvchu baytini eslatadi.
Noma janri taraqqiyotiga Said Qosimiy ham o’zining munosib hissasini qo’shgan. Uning nomalarida tasavvufiy ruh, xususan, Fariduddin Attor asarlarining ta’siri namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda nomanavislik XIV-XV asrlar o’zbek adabiyotida o’ziga xos mavqega ega bo’lib, lirik she’riyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Xususan g’azal, masnaviy, soqiynoma janrlarining shakllanishi va rivojlanishi bevosita noma janridagi asarlar bilan bog’liq.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin