A D A B I Yo T L A R
1. З.М.Бобур.Бобурнома.-Тошкент: Фан,1960.
2. З.М.Бобур.Девон.-Тошкент: Фан,1994.
3. Ҳазрати Хожа Убайдулло Аҳрор.Волидия. Бобур таржимаси. -Тошкент, Ёзувчи,1991.
4. З.М.Бобур. Мубаййин.- Тошкент: А.Қодирий номидаги ХМН, 2000.
5. Б.Валихўжаев. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Ўзбек адабиёти тарихи. 5 томлик, 3 том – Тошкент: Фан, 1978, 42-88- бетлар.
6. Саидбек Ҳасан. «Волидия» ҳақида (сўз боши).
7. Б.Валихўжаев. Хожа Аҳрори Вали.-Самарқанд: Зарафшон, 1993, 129-141- бетлар.
8. А.Абдуғафуров. Бобур шеърияти.Бобур. Девон. –Тошкент: Фан, 1994, 3-14 –бетлар.
9. Ҳ.Ҳасанов. Бобур ва унинг «Мубаййин» асари. Бобур. Мубаййин. –Тошкент: 2000, 3-5- бетлар.
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O’ZBEK MUMTOZ VA MILLIY UYG’ONISH ADABIYOTI
(Qadimgi davrlardan XV asrning I yarmiga qadar)
fanidan
OQUV MATERIALLARI
VA
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Mustaqil ta’lim
Tuzuvchi f.f.d. dots. Sulaymonov I.
Mustaqil ta’limni tashkil etish
“O`zbek mumtoz va miliy uyg’onish adabiyoti” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’limi til o‘rganish jarayonining bevosita tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Fanni o‘qitish jarayonida ma’naviyatimiz sarchashmalari, hukmron mafkura tazyiqi ostida qataqonga uchragan qadriyatlarimiz, shoiru yozuvchilarimizning ijodiy faoliyatlari, ma’naviy va adabiy hayotda muhim o‘rin tutgan nodir manbalar bilan talabalarni tanishtiriladi. Auditoriyadan tashqarida esa talabalar darslarga tayyorlanioshadi, adabiyotlarni konspektlashtiradi, uyda ishlash uchun berilgan topshiriqlarni bajarishadi,tahlil qilishadi. Bundan tashqari, berilgan ayrim mavzularni chuqurroq o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanadi, referatlar, talabalar ilmiy to‘garagi va anjumanida chiqish qilish uchun ma’ruzalar tayyorlashadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash, ularni topish, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garaklar yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib, maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabi faoliyat talabalarning darslardan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
O‘quv adabiyotlaridan fan boblari va mavzularini o‘rganish.
Tarqatma materialar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish.
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash.
Yangi ilmiy adabiyotlarni, adabiy jarayon tendensiyalarini va estetik tamoyillarni o‘rganish.
Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish.
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
O‘tilgan materiallarning o‘zlashtirilishi, konspektlar, uy vazifalarini tekshirish va baholash mashg‘ulot olib boruvchi o‘qiyuvchi tomonidan doimiy tarzda har bir dars davomida olib borilsa, referatlar himoyasi jadval asosida amalga oshiriladi.
“O`zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fanidan mustaqil ishlar mavzulari
Dostları ilə paylaş: |