O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə74/83
tarix05.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124811
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Oshiqona g’azallar-g’azalning mavzu jihatdan eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, uning katta qismi uchun yor va uning jamoli tasviri, uning jafokorligi, haqiqiy oshiqqa shafqatsizligi, olijanob, yuksak muhabbatga munosib bo’lmagan raqibga myehribonligi, unga muhabbat qo’yganligi, chin oshiqning alam va rashkdan yonishi tavsir etilgan. Oshiqona g’azallarda odatda uch an’anaviy obraz (oshiq, ma’shuqa, raqib) kuzatiladi.
Paradigma – (yunoncha - shartli belgilar). Aruzda hijoning vazni, o’lchovi, ya’ni qisqa, cho’ziq yoki o’ta cho’ziq ekanligini ko’rsatuvchi shartli belgilar.
Parokanda g’azal - har bir bayt o’zicha mustaqil, tugallangan bir mazmunga ega g’azal bo’lib, unda umumiy badiiy mazmun parokanda – tarqoq bo’ladi. Bunday g’azaldagi baytlar bir ipga tizilgan qimmatbaho har xil gavharlarga o’xshaydi. Ammo har bir bayt tashqi ko’rinishidan mustaqildyek ko’rinsa-da, ular orasidagi g’oyaviy-badiiy birlik bilinib turadi.
Pyeyzaj g’azallar - tabiat, byepayon qir-adarlar, dala-bog’lar, yulduz to’la osmon, qorli tog’lar, buloq va daryolar, yashil vodiylar tasviri va unga lirik qahramonning otashin muhabbati o’z ifodasini topadigan g’azallar.
Publitsistik g’azallar - shu mazmundagi shye’rlar kabi eng jangovar, eng ta’sirchan poeziya turidir. U o’zining otashinligi, hozirjavobligi bilan ajralib turadi.
Qasida – arabcha “qasd” co’zidan olingan, niyat, intilish ma’nosini beradi. Adabiy termin sifatida lirik tur janrlaridan biri. Qasida muhim tarixiy voqealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Mumtoz adabiyotda tabiat lavhalari, cholg’u asboblari va boshqalarga bag’ishlab ham qasidalar yozilgan.
Qasd – Qasida janrinig so’nggi xulosaviy qismi.
Qit’a – arabcha so’z bolib, qism, parcha ma’nolarini anglatadi. Qit’a ikki yoki undan ortiq baytlardan iborat bo’lib, matlasiz g’azaldek (b-a, d-a, f-a, h-a va h.) qofiyalanadi. Ba’zan masnaviy tarzida (a-a,b-b, d-d, h-h va h.) qofiyalanishi ham mukin. Qit’alar asosan ijtimoiy, didaktik maznunda bo’ladi. Qit’aning ko’pligi muqattaot deb yuritiladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin