O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Shoir Durbek shaxsiyati va adabiy merosini o’rganish manbalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə44/83
tarix05.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124811
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
5.2. Shoir Durbek shaxsiyati va adabiy merosini o’rganish manbalari. Shoir Durbek haqidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda deyarli uchramaydi. Uning nomi 1920-yillargacha ilmiy adabiyotda ma'lum emas edi. «Yusuf va Zulayho» dostonining qo’lyozmasi topilgach, shoir adabiyotshunoslar diqqatini jalb etadi. U haqda ilmiy ishlarda umumiy ma'lumotlar bеrildi. Asardan parchalar bosildi. Durbеk 1930-40-yillardan boshlab darsliklardan ma'lum darajada o’rin ola boshladi. Shoir ijodini o’rganishda sharqshunos Bеrtеls ancha ishlarni amalga oshirdi. Dostonning qolyozma nusxalari ko’p bo’lib dunyoning turli fondlarida saqlanadi. Mamlakatimizda ham uning turli davrlarda ko’chirilgan o’nga yaqin nusxasi (O’zFAShI fondida to’rtta, Til va adabiyot institutida bitta, SamDU fondida ikkita, kishilarning shaxsiy kutubxonalarida ham mavjudligi aniqlangan) mavjud. Asar mamlakatimizda ilk bor 1959-yilda Sh.Sharafitdinov (Xurshid) tomonidan chop etilgan [7]. Keyinchalik 1987-yilda nashr ettirilgan “Uch bulbul gulshani” kitobiga ham kiritilgan [6].
“Yusuf va Zulayho” dostonining ayrim nusxalari (xususan SamDU fondida saqlanadigan nusxasida) “Ayladi bu qissani Durbek bayon” misrasi mavjud. Shunga tayangan holda adabiyotshunos olimlar Bеrtеls, Hodi Zaripov, P.Shamsiеv, Oybеk, M.Shayxzoda, O.Sharofiddinov, V.Zohidov, I.Sulton, H.Yoqubov, G’.Karimov, A.Qayumov, A.Hayitmеtov, N.Mallaеv, B.Valixo’jaev, S.Haydarov va boshqalar «Yusuf va Zulayho»ning muallifi Durbеk dеb ta'kidlaydilar. Biroq ilmiy jamoatchilik orasida «Yusuf va Zulayho»ning muallifi Durbеk emas, Ulug’bеk, Homidiy Balxiy hatto Alisher Navoiy dеgan fikrlar ham aytilgan. 90-yillarda chop etilgan umumta’lim maktab darsliklarida esa «Yusuf va Zulayho» dostoni muallifi noma'lum asar sifatida bеrildi. Bu munozaralarning asosiy sabablari quyidagilar:

  1. Dostonning Parij milliy kutubxonasida saqlanadigan eng qadimiy qo’lyozmalaridan biri (1563-yilda ko’chirilgan) haqida ma’luot bergan Bloshe Erdi Ali sheri haqu shohi din, - misrasidagi “Ali (Ali ibn Abu tolib) sheri Haq (xudoning sheri)” jumlasini “Alisher” tarzda noto’g’ri o’qigan. Shu qo’lyozmada Husayn Boyqaro madh etilgan 38 baytli bob noma’lum kotib tomonidan kiritilgan.

2. Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da Yusuf (a.s.) haqida “…umr omon bersa… bu qissa nazmin ibtido qilib, intihosig’a yetkurgay”, - deb yozadi.

  1. XV asrda yashagan shoir Durbek haqida biron bir tarixiy manba yoki tazkirada ma’lumot uchramaydi.

  2. Doston Balx qamal qilingan paytda yozilgan. Uning yozilgan yili abjad hisobi vositasida harflar bilan berilgan:


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin