Furu`- Asl ruknlarning turli tarzda o'zgarishi natijasida hosil bo’lgan yangi ruknlar.
Gurizgoh - qasida janrida lirik kirishdan so’ng keluvchi qism.
Hajviy g’azal - hayotda uchraydigan kamchilik va qusurlarni kulgu vositasi bilan tanqid qilish usulida yozilgan shye’rlardir.
Hazaj –Aruz tizimidagi bahrlardan birining nomi. Hazaj bahri mafo`iylun ruknining takrorlanishidan hosil bo’ladi. Bu bahrning ikki shakli dostonchilikda qo’llanadi
I. Hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) (Mafo`iylun mafo`iylun fa`uvlun (mafo`iyl)). Nizomiyning "Xusrav va Shirin" dostoni tufayli shuhrat qozongan bu vazn "Xamsa"lardagi ikkinchi dostonlarga xos bo'lib, unda ishqiy-sarguzasht syujetlar bayon etiladi. Amir Xusrav Dehlaviyning "Shirin va Xusrav", Jomiyning "Yusuf va Zulayho", Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonlari ham shu vaznda yozilgan. Mazkur vazn turkiy adabiyotda keng iste`molda bo'lgan. Jumladan, Xorazmiy "Muhabbatnoma"si va uning naziralari, Sayfi Saroyining "Suhayl va Guldursun", Haydar Xorazmiyning "Gul va Navro'z" dostonlari shu vaznda yozilgan.
II. Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (maqsur) (Maf`uvlu mafo`ilun fa`uvlun (mafo`iyl)). Xamsalarning uchinchi dostonlari shu vaznda bo'lib, ko'proq ishq iztiroblari, dard va mahzun ohanglarni ifodalashga mo'ljallangan. Nizomiy, Amir Xusrav, Jomiy va Alisher Navoiyning Layli va Majnun haqidagi dostonlari, Hoju Kirmoniyning "Gavharnoma"si shu vaznda yozilgan.
Hashv(hashvayn) - Aruz vaznida baytdagi ruknlarning maxsus nomi. Birinchi va ikkinchi misralarning o’rtadagi ruknlari.
Husni ta`lil - (arabcha chiroyli dalillash). Tasvir etilayotgan hodisaga aslida unga bog’liq bo’lmagan biror go`zal sabab ko`rsatish. Shu bilan fikrni kuchaytirish, bo’rttirish.
Ibtido – (arabcha – boshlanish). Aruz vaznida baytdagi ruknlardan birining maxsus nomi. Ikkinchi misraning birinchi rukni.
Intoq - (arabcha nitqlantirish, gapirtirish) Tashxisning bir turi bo’lib unda insongagina xos bo`lgan jihatlardan bittasi ya’ni nutqga ega bo’lish hodisasi aslida bunday xislatga ega bolmagan jonli va jonsiz predmetlarga ko’chiriladi.
Janr - (fransuzcha renhre – xil) atamasi o’rniga Sharq shye’rshunosligida “shye’r navi” istilohi ishlatilib kyelingan. Adabiy turlar muayyan janrlardan tashkil topadi. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asarida o’sha davr adabiy tajribasida kyeng qo’llanilgan tur va janrlar xususida juda muhim ma’lumotlar kyeltiriladi. Byesh qismdan iborat bu asarning birinchi qismida shye’riyatning o’n turi, navi borligi qayd etilgan
Juzv - Arab tilida qism ma`nosini bildirib, jonsiz predmetlarga nisbatan qo’llanadi. Aruz she’riy tizimida arab alifbosidagi harakatli (fatha, kasra, zamma) yoki sokin harflarning birga qo’llanishidan hosil bo’ladigan ruknninning kichik bo’lagi. Juzvlar uch xil: sabab, vatad va fosila.
Ko’g - shye’r, maqom, kuy, ashula vazni (DLT)
Laff va nashr – (arabcha laff – yig’ish, nashr – yoyish). She’riy san’atlardan biri. XV asr adabiyotshunosi Atoulloh Husayniy uni shunday tushuntiradi: Laffu nashr andin iboratdurkim, bir nechani zikr qilur, andin so`ng ul bir nechaga aloqador bir necha nimani bu nimalarning har biri ul bir nechaning qaysi birig’a taalluqlug’ erkonin aniq bilmay zikr qilurlar".