O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Qoshug’ - shye’r, qasida, qo’shiq (DLT) Rajaz -



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə75/83
tarix05.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124811
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Qoshug’ - shye’r, qasida, qo’shiq (DLT)
Rajaz - Aruz tizimidagi bahrlardan birining nomi. Rajaz bahri mustafilun ruknining takrorlanishidan hosil bo’ladi. Mazkur bahr asosan she’riyatda qo’llanadi. O’rta asrlarda ilmiy she’rlar shu bahrda yozilganligi uchun “urjuza” deb nomlangan.
Ramal - Aruz tizimidagi bahrlardan birining nomi. Ramal bahri fo`ilotun ruknining takrorlanishidan hosil bo’ladi. Bu bahrning ikki shakli dostonchilikda qo’llanadi:
I. Ramali musaddasi mahzuf (maqsur) (Fo`ilotun fo`ilotun fo`ilun (fo`ilon)). Bu vazn ko'proq tasavvufiy dostonlarda qo'llanadi. Uning shuhrat qozonishi Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" hamda Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma`naviy" dostonlari bilan bog’liq. Alisher Navoiy "Lison-ut tayr" dostonini mazkur vaznda yaratgan. Jomiy esa bu vaznni "Salomon va Absol" dostonida qo'llagan.
II. Ramali musaddasi maxbuni abtar (Fo`ilotun fa`ilotun fa`lan (fa`lon, fa`ilun, fa`ilon)). Boburning qayd etishicha bu vazn "g’oyat latif" bo'lsa-da, masnaviylarda ko'p qo'llanmaydi. Xusrav Dehlaviyning "No'h spehr" asaridagi bir fasl (spehr) hamda Jomiyning "Sabhat ul-abror" dostoni shu vaznda yozilgan.
Rindona g’azal - mazmunini hayotga muhabbat, shodlik va baxt-saodatga, quvnoqlikka intilish, zulm va zo’rlikka qarshi norozilik, shayx va zohidlarni fosh qilish, isyonkorlik tashkil etadigan g’azal. Rindona g’azallar qalandarona g’azallar ham dyeb yuritiladi.
Ruboiy - She’riy janr nomi. Arabcha (ﺮ ﺒﺎﻋﻰ) so’z bo’lib, to’rtlik dyegan ma’noni anglatadi. Forsiylar uni “dubaytiy” dyeb ham ataydilar. Tort misradan iborat bo’lgan mustaqil she’r. Aruz tizimining hazaj bahriga tegishli bo'lgan 24 xil vaznda yoziladi. Bu vaznlar qaysi rukn bilan boshlanishiga ko'ra shartli ravishda axram (maf`uvlun, - - -) va axrab (maf`uvlu - - V ) shajaralariga bo'linadi. Har bir shajarada 12 tadan vazn mavjud bo’lib, ularda mafo`iylun aslining solimi hamda quyidagi zihof va furu`lari ishtirok etadi: maf`uvlu – axrab; maf`uvlun – axram; mafo`ilun – maqbuz; mafo`iylu – makfuf; fo`ilun – ashtar; fa` - axrami majbub; fo` - azall; fa`ul – majbub; fa`uvl – axtam. Ruboiy qofiyalanishiga ko’ra xosa va tarona kabi turlarga bo’linadi. Ruboiy asosan falsafiy, ba’zan ishqiy va didaktik mavzularda yoziladi. Uning birinchi misrasi tyezis bo’lib, unda shoir mazkur ruboiyda aytmoqchi bo’lgan fikrini o’rtaga tashlaydi. Ikkinchi misrasi antityezis. Bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi. Uchinchi misra moddayi ruboiya dyeb ataladi. Bu misra shoirning to’rtinchi misrada aytmoqchi bo’lgan xulosasi uchun ko’prik vazifasini o’taydi. Ruboiyning to’rtinchi misrasi sintyez hisoblanib, bunda shoir avvalgi uch misradan g’oyaviy xulosa chiqaradi. Ruboiy ko’proq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy, shuningdyek, ishqiy mavzularda yoziladi.
Rukn – (arabcha – ustun). Aruzda juzvlarning qo’shilishidan hosil bo’luvchi baytning ritmik bo’laklari. Ruknlar baytda to’rtta (murabba’), oltita (musaddas) va sakkizta (musamman) bo’lishi mumkin.
Sabab – (arabcha qoziq) Aruzda eng kichik juzvning nomi. Sabab - ikki harfli juzv. Sabab ikki xil bo’ladi:
1. Sababi xafif (yengil sabab) - bir harakatli va bir sokin harfdan iborat.
2. Sababi saqiyl (og’ir sabab) - ikki harakatli harfdan iborat.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin