Yakpora g’azal - har baytning mazmuni o’zidan oldingi yoki kyeyingi baytlarga izchil bog’langan g’azaldir. Bunday g’azalning mazmuni matlada ko’tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga kyeladi. Razg’uziyning “Kun hamalga kirdi ersa, kyeldi olam navruzi”, Navoiyning “Qaro ko’zum, kyelu mardumlig’ emdi fan qilg’il”, “Kyecha kyelgumdur dyebon ul sarvi gulro’ kyelmadi”, “kabi g’azallari kompozitsiyasiga ko’ra yakporadir.
Yir - g’azal, kuy, maqom (DLT)
Zarb (ajuz) – Aruz vaznida baytdagi ruknlardan birining maxsus nomi. Ikkinchi misraning oxirgi rukni.
Zihof va furu’lar – Aruz she’riy tizimida asl ruknlarning turli tarzda o'zgarishi (zihof) hamda o'zgarish natijasida hosil bo’lgan yangi ruknlar (furu`).
O’tluk - o’git va nasihat, ma’viza (DLT)
G’azal - (ﻏﺯﻝ) arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi xotin kishiga xushomad qilmoq, oshiqona munosabatda bo’lmoqdir. Adabiy tyermin sifatida ishq-muhabbat kuylangan lirik shye’rga nisbatan qo’llanadi. «G’azal» so’zi xalq orasida, umuman, shye’r, shye’riyat va qo’shiq ma’nosida ham qo’llangan.
G’azali husni matla’ -G’azalning ikki bayti qofiyadosh bo’ladi, matla’ qo’sh kyelsa zyebi matla’ (matlaning yarashig’i, zyebi), husni matla’, husni ibtido dyeyiladi va quyidagicha qofiyalanadi: a-a, a-a, b-a, d-a, f-a va h. Bunday g’azallarning dastlabki namunalari Navoiy ijodida kuzatiladi.
G’azali qit’a - shakliy jihatdan qit’aga o’xshab kyetadi. Bunday g’azalning matlasi qit’adagidyek o’zaro qofiyalanmagan bo’ladi. Qofiyalanishi: b-a, d-a, f-a, h-a va h. G’azali musajja’- (sajli g’azal) asosiy qofiyadan tashqari, ichki qofiyaga ega bo’lgan g’azaldir. Bunday g’azallarning shoirlar kamolot bosqichida yaratganlar.
G’azali mulamma’ - ikki yoki undan ortiq tilda yozilgan g’azaldir. Mulamma’ arabcha (ﻤﻟﻣﻊ) so’z bo’lib, turli rangga bo’yalgan ma’nosini byeradi. Ba’zi adabiyotshunoslar mulamma’ni “shiru shakar”, agar uch tilda bo’lsa “shahdu shiru shakar” dyeb ataydilar.