Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Ishda ilk marta bir bitiruv malakaviy ishi doirasida S.Yesenin she’riyatining o’zbek she’riyatiga ijodiy ta’siri masalasi maxsus tadqiq ob’ekti sifatida o’rganilmoqda. Tadqiqotda S.Yesenin she’riyatining o’ziga xos jihatlari, mavzu va obrazlar olami tadqiq etilgan. Shu asosda shoir an’analarining zamonaviy o’zbek shoirlari E.Vohidov, M.Yusuf, S.Sayyid singari shoirlar ijodida muvaffaqiyatli davom ettirilganligi badiiy matlar qiyosi orqali yoritib berilgan. Bu ishimizning ilmiy yangiligini belgilab beradi.