O’zbek she’riyatida Yesenin an’analari
REJA:
Kirish
I bob. Sergey Yesenin – rus adabiyotining taniqli namoyandasi
I.1. Sergey Yeseninning ijodiy biografiyasi.
I.2. Shoir she’riyatining mavzu-mundarijasi.
I.2. Shoir she`rlarida Sharq tasviri
II bob. Zamonaviy o’zbek she’riyatida Sergey Yesenin an’analari.
II.1. Erkin Vohidov ijodida S.Yesenin an’analari
II.2. M.Yusuf va S.Yesenin she’riyatidagi mushtarak jihatlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mavzuning dolzarbligi. Sergey Yesenin ijodi rus she’riyatining yorqin sahifasini tashkil etadi. Uning samimiy his kechinmalar bilan yo’g`rilgan yoniq she’riyati adabiyot ahlini hamisha hayratga solib keladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, shoir asarlari jahonning bir necha tillarida tarjima qilingan va she’rxonlar qalbini zabt etgan. S.Yesenin she’rlarining o’zbek tilida jaranglashida O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning katta hissasi bor. E.Vohidov shoirning “Fors taronalari” turkumii va “Anna Snegina” dostonini o’zbek tiliga mahorat bilan o’girdi. Bu asarlar alohida kitob holida, shuningdek, E.Vohidovning “Sadoqatnoma” nomli saylanmasida nashr etildi. Bu tarjimalar Sergey Yeseninni o’zbek kitobxoniga xuddi o’z shoiridek tanishtiradi. Chunki unda ikki xalqning ikki ulug` shoiri tuyg`ulari uyg`unlashib, o’ziga xos yaxlitlikni yuzaga keltirgan.
Aytish mumkinki, S.Yesenin she’riyatidagi samimiyat, mayinlik, joziba, ravonlik o’zbek shoirlari ijodiga ham samarali ta’sir ko’rsatdi. Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid singari shoirlarimiz ijodida S.Yesenin she’riyatining hayotbaxsh an’analari yorqin sezilib turadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida aynan shu xususiyat hozirga qadar o’zbek va rus adabiyotshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlarga tayangan holda maxsus o’rganilgan. Bu ishmizning dolzarblik xususiyatini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |