O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
-gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -
(a)r qo‘shimchalarini
qo‘shish yo‘li bilan hosil 
qilinadi. S
ifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o‘xshaydi.
Sifatlar shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshl
ar 
o‘zgarish, harakat belgisini 
ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo. 
Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi uchun fe’lga xos bo‘lgan zamon, bo‘lishli

bo‘lishsizlik, nisbat 
ma’nolarini ifodalaydi.
Sifatdoshning -gan (-kan, -
qan) qo‘shimchasi shax
s-
narsalarning o‘tgan
zamonga xos harakat 
belgisini ifodalaydi. 
Bu qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, 
-gan holida talaffuz 
qilinadi va shunday yoziladi (o‘qigan, yashagan kabi).
Jaran
gsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga 
qo‘shilib, 
-kan holida talaffuz 
qilinsa ham, -
gan yoziladi (ko‘chgan, o‘sgan kabi).
Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga 
qo‘shilganda, 
-qan 
k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, 
-kan holida talaffuz qilinadi va 
shunday yoziladi: (tovush almashishi: tiq 

tiqqan, tik 

tikkan). 
Jarangli g‘ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda, 
-qan holida talaffuz qilinsa ham -gan 
yoziladi (tug‘ —
tug‘gan).
Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l aso
slariga -
(a)yotgan qo‘shimchasini qo‘shish bila
n yasaladi. 
Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga 
-ydigan, -adigan, -(a)r 
qo‘shimchalarini qo‘shish bilan 
yasaladi. 
Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvch qo‘shimchalardan oldin 
- ma q
o‘shimchasini 
keltirish orqali yasaladi: aytgan 

aytmagan, oqayotgan 

oqmayotgan, o‘qiydigan —
o‘qimaydigan.
-
(a)r qo‘shimchasining bo‘lishsiz shakli 
-
mas qo‘shimchasi (oqar –
oqmas) 
Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi.
Ravishdoshlar harakatning belgisini
bildirishi bilan ravishga o‘xshaydi.
Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog‘lanib, uning belgisini
bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi. 
Ravishdoshning -(i)b, -a//-y 
shakllari ko‘proq harakatning holatini, ba’zan payt,
sababini, -gancha (-
kancha, -qancha) shakli holatini, -gach, (-kach, -qach), - guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini, -
gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadini anglatadi. 
Unli va jarangli undo
shlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning 
-gach, - guncha, -gancha, -
gani qo‘shimchalari qo‘shiladi.
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo‘shimchalar
qo‘shilganda, 
- kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani 
tarzida yoziladi. 
Bu qo‘shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, 
-kach, - kuncha, 
-kancha, -
kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga
qo‘shilib, 
-qach, -quncha, -qancha, -
qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. 
Fe’lning VAZIFA shakli 4 ta:
1. Harakat nomi (nisbat va bo’lishsizlik shakllari bor): 
-(i)sh, -(u)v, moq/mak, -maslik(inkor) 
2. Sifatdosh shakli 
(nisbat, bo’lishsizlik va zamon shakllari bor):
O’tgan zamon:
-gan 
Hozirgi zamon: -ayotgan 
Kelasi zamon: -adigan/ - ydigan/ -ar(mas) 
3. Ravishdosh shakli 
(nisbat, bo’lishsizlik shakllari bor): 
-b,-ib,-a,-y 

holat, payt, sabab 
-gancha

holat 
-gach/-guncha

payt 
-gani

maqsad 
-magach

sabab 
-may/-masdan

holat 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin