O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi


Otlarning lug’aviy shakllari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

Otlarning lug’aviy shakllari.
 
Son shakllari, Otlarning -
lar qo’shimchasini olgan shakli ko’plik shakli, 
-lar 
qo’shimchasiz shakli esa 
birlik shakli sanaladi. Otlarning ko’plik shakli ko’plik
ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, 
kuchaytirish (ko’zim –
ko’zlarim,
labi 
–lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. Otlarning 
-cha, -
choq, -chak 
kabi qo’shimchala
rni olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon, -xon, -oy 
kabi qo’shimchalarni olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi.
nom (katta harf bilan) ot (kichkina 
harf bilan) . 
SIFAT
Otga bog’lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qanaqa?”
so’roqlariga javob 
bo’ladigan so’zlarga sifat deyiladi. Sifatlar tarkibiga ko’ra tub
va yasama sifatlarga bo’linadi. Tarkibida 
so’z yasovchi qo’shimchalar bo’lmagan
sifatlar tub sifatlar, asos va so’z yasovchi qismdan iborat 
bo’lgan sifatlar yasama
sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo’shimchalar qo’shish yoki
so’z
qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi. 
-li, ser-, -dor, -siz, no-, -chan, -ma, -iy(-viy) 
kabi qo’shimchalar 
sifat yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi. 
-li, -dor, ba-,ser-, -
mand qo’shimchalari asosida ifodalangan 
belgiga egalikni bildiradi. Bu 
qo’shimchalar (
-
mand qo’shimchasidan tashqari) asosda ifodalangan
belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- 
qo’shimchalari bilan zid ma’nolidir.
-gi (-ki, -
qi) qo’shimchasi payt va o’rin bildiruvchi otlarga qo’shilib, payt va
o’ringa xos belgini, 
-
simon qo’shimchasi o’xshashlik belgisini,
-
(v)iy qo’shimchasi x
oslik belgisini bildiruvchi sifatlar 
yasaydi. 
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari

Bir asosdan iborat bo’lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi. Ikki va undan ortiq
asosdan tarkib
topgan sifatlar qo’shma sifatlar hisoblanadi. Qo’shma sifatlar,
asosa
n, qo’shib yoziladi. O’zaro yaqin
yoki zid ma’noli ikki asosning juft
kelishidan hosil bo’lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat 
qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Juft sifat qismlari -u, -
yu vositasida bog’lansa, ular ajratib yoziladi:
yakka-yu yagona. Bir asosning aynaN 
takrorlanishidan hosil bo’lgan sifat takroriy
sifat sanaladi. 
Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi.
Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan 
ajratib yoziladi. 
Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan
va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga
ega 
bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go’zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki.
Bunday sifatlar -roq 
qo’shimchasini qabul qiladi. Belgini to’g’ridan to’g’ri emas,
balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan 
holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: 
qishki, ko’chma,
derazali, devoriy. Bunday sifatlar -roq 
qo’shimchasini qabul qilmaydi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin