O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
KELISHIK SHAKLLARI 
Ot, olmosh
va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari
doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida oltita kelishik
mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z 
nomi va shakli bor. Ot va otlashgan 
so‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda 
kelishik 
qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.
(EGALIK, KELISHIK - TURLANISH) 
Bosh kelishik
shakli maxsus q
o‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?,
qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot kesim,
undalma vazifalarida 
keladi. Masalan: 1. Men 7-
sinf o‘quvchisiman.
2. O‘zbekistonning poytaxti –
Toshkent. 3. Tosh-kent, 
munchalar go
‘zalsan!
Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z –
qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z
esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga 
tobelashtirib bog‘lab keladi va
qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi- xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi
ismlarga qarashli ekanini bildiradi. Qaratqich va qaralmish yonma-
yon kelganda, ko‘p hollarda 
qaratqich 
kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa
so‘z
qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimizning
chiroyli bog‘i. Qaratqich 
kelishigi 
shaxs nomlari, otlashgan so‘zlar va olmoshga
qo‘shilganda, belgisiz qo‘llanmaydi.
Tushum kelishigi
shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi.
Tushum kelishigidagi so‘z
bilan o‘timli fe’l yonma
-
yon turganda, ko‘pincha
tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. 
Masalan: Kitobni o‘qidim –
Kitob 
o‘qidim. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa 
bir so‘z
ishla
tilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa,
tushum kelishigi 
qo‘shimchasi tushib qolmaydi. Tushum kelishigidagi so‘z gapda
doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratq
ich kelishigi 
shaklida, o‘timli fe’llarga 
bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin