O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

TAQLID SO‘ZLAR
 
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan, g‘a
-
g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di
-dit (mashina signaliga taqlid). 
Narsalarning holatiga taqlidn
i bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati). 
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan
takrorlanishidan hosil
bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq. 
Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Taqlid so’zlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1) SODDA taqlid so’zlar 2) TAKRORIY taqlid so’zlar
Hamma taqlid so’zlardan fe’l yasaladi, ko’pchiligidan esa ot ham
MODAL SO‘ZLAR
 
Ifodalanayotgan fikrga
so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish
kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul 
bilan ajratiladi. 
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish fikrning tartibi, xulosa
si kabi 
ma’nolarni bildiradi.


O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi.
Faqat modal ma’no
uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi:
haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta,
shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi. 
Modal ma’noda ham qo‘llangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan,
shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
TASDIQ VA
INKOR SO‘ZLAR
 
Ha, xo‘p, mayli singari so‘zlar tasdiq so‘zlar; yo‘q, mutlaqo singari so‘zlar inkor
so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda 
-
mi so‘roq yuklamasi orqali
ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin