O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix10.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139586
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
O`zbek tili morfologiyea so`z tarkibi

Hisob so’zlar
. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida
qo’llanilib, bu 
nar
saning o’lchovini bildiradigan so’zlar hisob so’zlar sanaladi.
Masalan:tup, kg, tonna,metr qadoq, 
qarich, chelak … Hisob so`zlar sof va vazifadosh
bo`lishi mumkin. Chelak , etak,qop,qarich,qadam 
singari matndan tashqarida ot matn tarkibida hisob so`z bo`lib kelishi mumkin bo`lgan so`zlar 
vazifadosh hisob so`zlardiz. Metr, kg,tonna,litr kabi matnda ham matndan tashqarida ham hisob so`z 
vazifanini bajargan so`zlar sof hisob so`zlardir. Hisob so`zlar,asosan, ot so`z turkumidan o`tgan. 
Tartib sonlar
. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U -(i)nchi 
qo’shimchasi yordamida yasaladi. Tartib sonlar arab
raqami bilan yozilganda, -
(i)nchi qo’shimchasi 
o’rnida arab raqamidan so’ng
chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan 
ifodalanganda, chiziqcha qo’yilmaydi.
RAVISH 
Harakat-
holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja
-miqdor kabi belgilarni bildiruvchi va 
“qanday?”, “qachon?”, “qayer 
(-ga, -da, -
dan)?”, “qancha?”
singari so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlar 
ravish deyiladi. 
Ravishlarning yasalishi
. Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo’linadi.
Yasama ravishlar qo’shimchalar 
qo’shish, asos qismi juft va takror qo’llash yoki
ikki asosni 
biriktirish yo’li bilan hosil qilinadi. 
Tuzilishiga ko’ra ravishlarning
sodda, qo’shma, juft va takroriy turlari farqlanadi.
Ravish yasovchi qo’shimchalar. 
-cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga 
qo’shimchalari ot, sifatga 
qo’shilib ravish yasaydi: eskicha, o’zicha, yillab,
qahramonona, vijdonan erkakchasiga. 
Ravishlarda -dan, -ga, -da kelishik, -i(-
si) egalik qo’shimchalari asos qismi bilan
mustahkam birikib, 
hozirda ajralmas holga kelgan(qotib qolgan). 
Tubdan, to’satdan, qo’qqisdan, kechalari, avvalari, 
kechasi, jo’rttaga.
Ravishlarning ma’no turlari.
Ravishlar ma’nosiga ko’ra holat, payt, o’rin,
miqdor-daraja, maqsad-sabab 
ravishlariga bo’linadi.
Ataylab, atayin, jo’rttaga, qasddan, azza
-bazza (maqsad) 
noiloj, noilojlikdan(sabab) ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi. 
Holat ravishlari
. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va 
“qanday?”, “qay holda?”, 
“qay tarzda?” so’roqlariga javob bo’luvchi
ravishlarga holat ravishlari deyiladi. 
Holat ravishlari
: jim, 
yayov, chindan, 
qo’qqisdan, to’satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma
- bir, 
yakama-yakka, yonma-
yon, bafurja, arang, zo’rg’a
mardlarcha 
Payt ravishlari
. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, 
“qachon?” so’rog’iga 
javob bo’luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt
ravishlariga endi, hozircha, so’ngra, hanuz, 
hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi. 
O’rin ravishlari
. Harakat-holatning bajarilish y
oki bajarmaslik o’rnini bildirgan
va “qayer (
-ga, da, -
dan)?”so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o’rin ravishlari
hisoblanadi. O’rin ravishlariga olg’a, 
ichkarida, tashqarida so’zlari kiradi.
Miqdor-daraja ravishlari
. Harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darjasini 
bildiradigan va “qancha?’ 
so’rog’iga javob bo’ladigan ravishlar miqdor
-daraja 
ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko’p, kam, 
ancha kabi. 

OLMOSH
Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib
qo‘llaniluvchi, ularga
ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh
hisoblanadi. Masalan: Kitobni ko‘p o‘qisangiz, 
undan ko‘p hikmat topasiz.
Istagim shuki, doim
o tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob 
so‘zi
(ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin gapi o‘rnida
qo‘llanilgan. 
Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘l
m
aydi. Uning qaysi ma’noda
kelayotgani matnda qaysi so‘z
yoki
gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab
belgilanadi. Olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra quyidagi 
turlari bor:



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin