O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Ko`rsatish olmoshi
Oldingi gap, gapdagi biron-
bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga
ishora
qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari
hisoblanadi. So‘z
ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan
so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftar
meniki.
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana
kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi.
Yozuvda mana bu, mana
shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan
bu olmoshlar og‘zaki nutqda
manovi, anovi
tarzida talaffuz qilinishi va shunday
yozilishi mumkin. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga
egalik va jo‘
nalish,
o‘rin
-payt, chiqish kelishigi
qo‘shimchalari qo‘shilganda, «n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga,
bu+n+da,
bu+n+ im, o‘sha+n+ga kabi.
Olmosh + payt/o’rin = ravish
U yer, bu yer = bular ravish, olmosh emas
Kishilik olmoshlari
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi.
So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha
shaxs, narsa, voqea-
hodisalar
o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men,
biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs,
u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular
ko‘plik
ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ula
r birlik
ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz
birlik ma’nosida
qo‘llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik
ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening
uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib
chiqdim o‘rniga Biz g‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular
yakka
shaxsga ishora
qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‘rniga Siz
keldingiz, U
keldi o‘rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda,
ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash
uchun unga -
lar qo‘shimchasi qo‘shil
adi.
Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. Men, sen olmoshlariga
-ni, -ning, -niki
qo‘shimchalari
qo‘shilganda, bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi.
UNING=UNING
Uning odam bo’lmaydi =
Kiming?
U+ing=Uning (bitta n ortgan)
Uning kitobi = Kimning?
U+ning=Uning (qaratqich, n ortmagan)
Bu olmoshlar egalik qo’shimchasini olmaydi
: bizim, sizing.
U=kim so’rog’iga javob bo’lsa kishilik
U=qaysi so’rog’iga javob bo’lsa ko’rsatish
U keldi
–
Kim? =kishilik
|