O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA U kishi keldi
–
Qaysi kishi?=ko’rsatish
O`zlik olmoshlari Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni
ko‘rsatuvchi
o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi.
O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan
egalik qo‘shimchalariga
mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening
o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida
qo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha
kishilik olmoshlariga
ta’kid ma’nosi yuklanadi.
So`roq olmoshlari Shaxs, narsa-hodisa, belgi-
xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida
so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari
ishtirok etgan gaplar
so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan
talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga
so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi
kitoblarni o
‘qigansiz?
Belgilash olmoshlari Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs,
narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun
olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni
jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki
jamlab ko‘rsatilgan shaxs,
narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar
BELGILASH OLMOSHLARI sanaladi.
So`roq olmoshlari So‘roq olmoshlariga alla
- yoki -
dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon
olmoshlari hosil qilinadi. Alla-
qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan,
-
dir qo‘shimchasi esa so‘roq
olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi. (allamahal
- ravish)
Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib
yoziladi. Narsa so‘zi faqat alla
-
qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‘zi kishi,
narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon
ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir,
nimadir, qachondir singari gumon
olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi
gumon olmoshi
o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan
erkin
almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi.