O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA KELISHIK SHAKLLARI Ot, olmosh
va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari
doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida oltita kelishik
mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z
nomi va shakli bor. Ot va otlashgan
so‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda
kelishik
qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.
(EGALIK, KELISHIK - TURLANISH)
Bosh kelishik shakli maxsus q
o‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?,
qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot kesim,
undalma vazifalarida
keladi. Masalan: 1. Men 7-
sinf o‘quvchisiman.
2. O‘zbekistonning poytaxti –
Toshkent. 3. Tosh-kent,
munchalar go
‘zalsan!
Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z –
qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z
esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga
tobelashtirib bog‘lab keladi va
qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi- xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi
ismlarga qarashli ekanini bildiradi. Qaratqich va qaralmish yonma-
yon kelganda, ko‘p hollarda
qaratqich
kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa
so‘z
qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimizning
chiroyli bog‘i. Qaratqich
kelishigi
shaxs nomlari, otlashgan so‘zlar va olmoshga qo‘shilganda, belgisiz qo‘llanmaydi.
Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi.
Tushum kelishigidagi so‘z
bilan o‘timli fe’l yonma
-
yon turganda, ko‘pincha
tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi.
Masalan: Kitobni o‘qidim –
Kitob
o‘qidim. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa
bir so‘z
ishla
tilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa,
tushum kelishigi
qo‘shimchasi tushib qolmaydi. Tushum kelishigidagi so‘z gapda
doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratq
ich kelishigi
shaklida, o‘timli fe’llarga
bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi.