O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
hisoblanadi. Teng bog‘lovchilar gap
bo‘laklari va gaplarni bog‘lash bilan birga ular o‘rtasidagi
mazmuniy
munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi
guruhlarga
bo‘linadi:
1) biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham;
2) zidlov bog‘lovchilari:
ammo, lekin, biroq;
3) ayiruv bog‘lovchilari:
yoki, yo ... yo, goh ...
goh, dam ... dam, bir ... bir,ba’zan ... ba’zan, xoh ... xoh;
4) inkor bog‘lovchisi: na ... na.
Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari
sof va vazifadosh turlarga
bo‘linadi. Faqat
bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlar sof
bog‘l
ovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq
kabi. Bir o‘rinda bog‘lovchi,
boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi
bog‘lovchilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi. Masalan: Yozda Buxoroga
qarindoshlarimizni ko‘rgani
bordik ham (b
og‘lovchi)
tarixiy obidalarni tomosha
qildik. Bilimli kishi o‘lsa ham (yuklama) uning
nomi o‘chmaydi...
Teng munosabatdagi gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro biriktirib keluvchi
bog‘lovchilar
biriktiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Biriktiruv bog‘lovchilar
iga
va, hamda
sof bog‘lovchilari,
bilan
ko‘makchi
-
bog‘lovchisi,
-u (-yu), -da, ham
yuklama-
bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi
vazifasida
yakka va takror
holda qo‘llaniladi.
-u (-yu), -da
o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha
bilan
ajratiladi.
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan
birini boshqasidan ayirib
ko‘rsatuvchi
bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki,
yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam,
ba’zan ... ba’zan, bir ... bir kabi. Takror
qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul
qo‘yiladi.
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki
gaplarni bir
-biriga
bog‘lab keluvchi
ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari
sanaladi. Balki so‘zi
ko‘pincha zidlov
bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanadi.
Masalan: Bu jarang-
jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki
xayolini
chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin
vergul qo‘yiladi.
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na... na
yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning
kesimi tasdiq shaklida
bo‘ladi. Na... na
yuklama vazifasida ham kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor
shaklida bo‘ladi.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra
yakka va takror
bog‘lovchilarga bo‘linadi. Va,
ammo, lekin,
biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh...
goh bog‘
-lovchilari esa takror
bog‘lovchilar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: