Ko’makchilar va kelishiklar - ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi yoki kelishik qoshimchasi ko’makchilar o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatavermaydi: Radio orqali eshitdik – radiodan eshitdik. Ukamga oldim – ukam uchun oldim. Qalam bilan yozdi – qalamda yozdi. Borganini gapirib berdi. Borgani haqida gapirib berdi.
Bog’lovchi - gapining uyushiq bolaklarini va qo’shma gapdagi soda gaplarini bir-biriga bog’lash uchunxizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deb ataladi.