43-mavzu: Gap bo`laklari. Gapning bosh bo`laklari
Reja:
1.Gap bo`laklari haqida ma`lumot.
2.Gapning bosh bo`laklari.
3.Ega haqida ma`lumot.
4.Kesim haqida ma`lumot.
Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi.Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.Gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi.Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: |