O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə145/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1.Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?

2.Gap bo’laklari qaysi bo’lakka nisbatan aniqlanadi?

3.Gap bo’laklari nechaga bo’linadi?

4.Ega deb nimaga aytiladi?

5.Kesim deb nimaga aytiladi?

6.Ega qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?

7.Kesim qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?


Topshiriqlar

1-topshiriq:Matnni o’qing va bo`sh bo`laklarni aniqlang.
Sovg’a berish odobi

Har qanday sovg’a ko’ngildan chiqarib beriladi. Sovg’a bergandan so’ng undan qanday foydalanish haqida maslahat berilmaydi. Olib borilgan sovg’a haqida maqtanib gapirilmaydi. Sovg’a e’tibor va ochiq chehra bilan qabul qilib olinadi. Sovg’a olib kelgan mehmon ham, olib kelmagan mehmon ham bir xilda xushmuomalalik bilan kutib olinadi. Sovg’aning katta-kichikligiga qarab muomala qilish yaramaydi.


2-topshiriq:Rus tiliga tarjima qiling.Rus va o`zbek tilida ega va kesimning ifodalanishini taqqoslang.
Bilasizmi?

Sovg’aning suvenir, tuhfa va taqdim turlari mavjud.Suvenir so’zi aslida turkcha “sevinur”, so’zidan olingan bo’lib, kishini sevintirish uchun tortiq qilinadi. Suvenir sifatida avtoruchka, to’g’nog’ich va boshqa bezaklar, qo’g’irchoq yoki o’yinchoq beriladi.

Тuhfa to’yga, yangi uyga, tavallud kuniga qarindoshlar, do’stlar yoki hamkasblardan sovg’a qilinadi. Тuhfa qilib soat, uy jihozlari, televizor, fotoapparat kabilar beriladi.

Тaqdim esa ziyofat, mehmondorchilik, tug’ilgan kun munosabati bilan beriladi. Ayniqsa ayollarga guldasta yoki atir – upa ko’proq taqdim etiladi.


3-topshiriq:Quyidagi gaplarni o’zbek tiliga tarjima qiling va gap bo’laklarining o’rniga e’tibor bering.

1. Чтобы стать учителем, он поступил в педагогический институт. 2. Наш староста выступает на собраниях мало. 3. Карима долго готовилась к докладу. 4. В этом году наш завод выполнил план досрочно. 5. Вчера в нашем институте была встреча с поэтами. 6. Я встречался со своим товарищем в Самарканде.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin