O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə147/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   202
Vositali to’ldiruvchi kimga?nimaga?kimda?nimada?kimdan?nimadan?kim bilan?nima bilan?kim haqida?kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot yoki olmosh bilan: Ravshan sen bilan boradi.

2)Otlashgan so’z bilan: Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

3)Ibora bilan: Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi.

Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir narsa buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Qattiq sovuq, mayda qor yog’yapti. Qovunning og’iri shirin bo’ladi. Aniqlovchi ikki xil bo’ladi:

Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini, tartibini bildiradi va qanday?qanaqa?qaysi?qancha?nechanchi?necha?qayerdagi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.Sifatlovchi-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’laksifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo’li bilan bog’lanadi: Notanish kishi unga qaradi.

Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:

1.Sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid so’z bilan: Biz serjun va sergo’sht qo’ylarni ko’paytiryapmiz.

2.Ot bilan: Asfalt yo’ldan mashinalar g’iz-g’iz o’tib turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko’chma) ma’noni ifodalashi mumkin:Kumush choyshab yopib dalalarga¦…

3.Ibora bilan: Unda og’zining tanobi qochadigan odat bor.

4.So’z birikmasi bilan (sifatlovchi va sifatlanmish,qaratuvchi va qaralmish, to’ldiruvchi va to’ldirilimish, hol va hollanmish birikmalari sifatlovchi-aniqlovchi bo’lib keladi): U birinchi kungi ishni yakunladi. Ukamning uyidagi mollarni ham olib ketishibdi.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin