J aloliddin Manguberdi (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.