O`zbek udumlari.
Hozirgi davrda sovchilarning ishi ancha yengillashgan. Avvalo yoshlarning o'zlari tanishib, ota-onalarini ko'ndirib, ishni pishitib qo'yadilar. Ikkinchidan, sovchilarning tanishuv, sinov, o'rganuv vaziflarini o'znikilar, ota-onalar, amma-xola, opa-yangalar o'z zimmalariga olganlar. Ular kelinning , kelin yaqinlari esa kuyovning aslini, avlodu zuryodini, tag-tugini surishtirib o'rganib chiqadilar. Buning uchun mahalla, qo'ni-qo'shni ahlining fikri-maslahati yo o'qish, yo ish joyidagi bu yoshga berilgan baho katta ahamiyat kasb etadi.
Bizning Sharq mamlakatlarida xalqlar yashab, oila qurib, farzandlar tarbiyalab yangi avlodlarni qovushtirib, nikoh to'ylari o'tkazisharkan, qadimiy sovchilk odati ham saqlanib qolishi kerak. Chunki yangi oila sovchilikdan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |