2. Sinonimlar – shakli har xil bo’lsa ham, ma’nolari bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlardir. Sinonim so’zlar bir xil predmetlarni (ovqat, osh, taom), predmetning bir xil belgisini (ishchan, harakatchan, tirishqoq), bir xildagi harakatni (asramoq, saqlamoq) bildiradi.
Bunday so’zlar ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan sinonimik qatorni tashkil qiladi. Bu qatordagi ma’nosi betaraf bo’lgan, ko’p qo’llanadigan so’z asosiy so’z dominanta (bosh so’z) deb ataladi: chiroyli, go’zal, ko’hlik.
Ko’p ma’noli so’zlar ko’chma ma’nosida boshqa so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: o’qishni bitirmoq – o’qishni tugatmoq; ishni bitirmoq – ishni bajarmoq; sotib bitirmoq – sotib yo’qotmoq.
Dostları ilə paylaş: |