24-mavzu:Sifat va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
1.Sifat mustaqil so`z turkumi.
2.Sifatning grammatik xususiyatlari.
3.Sifat va uning darajalari.
Otga bog‘lanib uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob boladigan so‘zlarga sifat deyiladi. Masalan: go‘zal,baland, xushbo‘y, kemtik.Sifat gapda asosan sifatlovchi-aniqlovchi, kesim vazifasida keladi: Yonbag‘irlar ko‘m - ko‘k. Baqqol amaki pakana, vuzikatta, iyagi kalta odam. U juda sergap.
Sifatlar tuzilishiga ko‘rasodda, qo‘shma,juft, takroriysifatlarga bo‘linadi.
1.Sodda sifatlar bitta asosli bo’lib, tarkibiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi. Yasovchi qismlarga bo‘linmaydigan sifatlar tub sifatlar sanaladi (Shakl yasalish qismi bundan mustasno). Masalan: qari, qoramtir, eskiroq, sariq.
Asos va yasovchi qismga bo`linadigan sifatlar esa yasama sifatlar deyiladi. Sodda yasama sifatlar asosga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: guldor, sezgir, turkiy, kechki.
Dostları ilə paylaş: |