O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə87/202
tarix01.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#102790
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202
27-mavzu: Sonning ma’no turlari

Reja:

1.Sonning ma’no turlari.

2.Sonlarning otlashishi.

3. Hisob so’zlari.


Sonlar ma’no va grammatik jihatdan olti xil bo’ladi:

1.Miqdor son bir turdagi narsa – buyumlarning umumiy sonini, miqdorini bildiradi: bir qop paxta, o’ttiz uch bahodir.

Miqdor sonlar juft, kilogramm, gramm, tonna, metr, kilometr, daqiqa,soniya, soat, yil, gektar, tiyin, so’m kabi hisob so’zlari (numerativlar) bilan ham qo’llanadi: besh so’m, o’n gramm, yuz yil.



Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan (dona, nusxa, tup, bosh, nafar),

butunning qismini hisoblash uchun (parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qul-tum, yutum, xo’plam, tomchi, chaqmoq, nimta,to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil), to’dalab ko’rsatuvchi (gala, to’p,guruh, to’da, dasta, bog’, quchoq, shoda, hovuch), juftlab ifodalovchi (juft, para), og’ir-likni o’lchaydigan (gramm, kilogram, sentner, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa), uzunlik o’l-chovini bildiradigan (millimetr, santimetr, metr, kilometr, chaqirim, tosh (eskirgan), gaz,qarich, quloch, qadam), yosh o’lchovini bildiradigan (yashar, yoshlik,oylik, kunlik), vaqt o’lchovini bildiradigan (soniya, soat, kun, oy, hafta, yil, asr), qiymat o’lchovini ifodalaydigan (so’m, tiyin, tanga, miri, paqir). Bulardan tashqari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, nav-batda, karra, bor, hissa, qatla, sidra, daf’a.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin