-(a)y qo’shimchasi sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: ko’ray, ko’chay, ko’pay.
-(a)r qo’shimchasi ayrim sifatlardan fe’l yasaydi: qisqar, ko’kar.
-sira, -sa qo’shimchalari ot va sen, sizolmoshlaridan fe’l yasaydi: suvsira, sizsira, suvsa.
-(i)k, -(i)qqo’shimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: birikmoq, yo’liqmoq.
-i qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: boyi, tinchi, changidi.
-(i)-ot qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qot, to’lat, berkit.
-ir qo’shimchasi ot va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: gapir, tupir.
So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida fe’l yasash
Bu usul bilan qo’shimcha fe’llar yasaladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
1.Fe’l bo’lmagan so’z bilan fe’lning birikishidan: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo bo’lmoq. Ayrimlari sodda fe’lga sinonim bo’ladi: tasdiq qildi – tasdiqladi, yordam berdi – yordamlashdi.
2.Ikki fe’lning birikishidan: sotib olmoq, chiqarib olmoq, olib kelmoq, yutib olmoq, sotib olib bermoq.
Qo’shimcha fe’llar ajratilib yoziladi: hal qilmoq, kasal bo’lmoq.
Nutqimizdagi o’qib chiqdi, ko’rib bo’ldi, boshlab yubordikabilar qo’shma fe’l emas, chunki yangi lug’aviy ma’no ifodalamaydi, bular ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridir.
Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shakllarga ega, zamon va shaxs-son ifodalay oladi, o’zining vazifadosh (xoslangan) shakllariga ega, mayl ko’rsata oladi, o’timli-o’timsizlik xususiyatiga ega. Fe’llar gapda ko’pincha kesim vazifasini bajaradi: kuz keldi.
Dostları ilə paylaş: |