35-mavzu: Fe’l mayllari
Reja:
1.Mayl tushunchasi.
2.Fe’llarda mayl kategoriyasining ifodalanishi.
So’zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi.
Fe’llarda beshta mayl bor:
1.Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatining uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti, bormoqchi. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo’lib keladi.
2.Buyruq-istakmaylidagi fe’llar ish-harakat haqidabuyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar –(a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), - sinlarqo’shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o’qiy, yozgin, yozsin, o’qiylik, boring(iz).
3.Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatining bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va–saqo’shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak.
Bu maylidagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzi-istak (Qani endi, o’qishga kirsam), iltimos, maslahat (O’sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomgir yog’sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibti), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar ekan fe’li bilan qo’llansa, shart ma’nosiga istak ham qo’shiladi: o’qisa ekan…
Dostları ilə paylaş: |