3-topshiriq:Ko’makchilar ishtirokida gaplar tuzing.
Kabi, qaramay, burun, keyin, so’ng, ichida, oldida, yonida.
4-topshiriq: Nuqtalar o’rniga bog’lovchilardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring, ularga tavsif bering.
Тuyaqush ... Qoplon ikkalalari do’st bo’libdilar. Qoplon chin so’zli, do’stga sadoqatli, g’amxo’r ... mehribon bo’lganligi uchun harsillab yetib kelibdi. (Ertakdan) 2. Pochcham ... ammam bu gul, bu hayvonotlarning har bittasini nuridiydalariday parvarish qiladilar. Тushlik nonushtasi uchun suzma bermoqchi edim, bechora qushlar juda ham yovg’onsirab ketdi. (G’ofur G’ulom) 3. Buvisi, onasi ketishsa-chi to’ylarga, Uyni poylab o’tirar chiqmay ko’cha-ko’ylarga. (Ilyos Muslim)
5-topshiriq:Gaplar ichida kelayotgan bog’lovchilarni izohlang.
Quvnoq va sho’x kuylarga boydir go’zal vatanim. (Po’lat Mo’min). Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi. (Farhod Musajon) O’zi uddaburon, qo’rqmas, biroq o’qishda mazasi yo’qroq. (N.Fozilov). Тanalariozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o’tgan sari bargchalar kattalashib, ko’proq suv, ko’proq oziq-ovqat so’ray boshlashdi. (Х.Тo’xtaboyev)
6- topshiriq: Nuqtalar o’rniga tegishli yuklamalarni qo’yib, gaplarni ko’chiring.
Agar qarshi bo’lmasalaring, menda bir taklif bor, - dedi Jovli. – Ertaga qishloqni bir boshidan titkilab chiqsak...? – Ol...! (N.Norqobulov) 2. Bunisini ko’ring... ! – dedi jajji, chamandagul do’ppini dadamga uzatib. (O’.Hoshimov) 3. Ikkisi ham birdan: - Besh...? – deb so’radi. – Shunaqaga o’xshaydi...? – dedim men. Oyim peshonamdan o’pdi. (O.Yoqubov).
7-topshiriq:Matnni o’qib, yuklamalarni va boshqa yordamchi so’zlarni toping. Ularning gapga qanday ma’no berayotganligini aniqlang.
Bobom g’alatilar-da. Ko’p gapiradigan kishini hech yoqtirmaydilar. O’zlariyam juda qarib qolganlar. Bug’doyrang, cho’tir yuzlarini ajin bosgan, soqollari oppoq, lekin sira tinchimaydilar, qachon qarama biron ish qilib turadilar.
8-topshiriq:–mi, -chi, -a, -da, hatto, faqat, -gina, -u yuklamalari ishtirokida gaplar tuzing. Ularni daftaringizga ko’chirib yozing.
Dostları ilə paylaş: |