43-mavzu: Gapning ikkinchi darajali bo`laklari
Reja:
1.Gapning ikkinchi darajali bo`laklari haqida ma`lumot.
2.Toldiruvchi.
3.Aniqlovchi.
4.Hol.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar 3 xil: to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol.
Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe holatda bog’langan bo’lakto’ldiruvchideyiladi. To’ldiruvchi asosan fel-kesimga bog’lanadi: Men bu gapni ukamdan eshitdim. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:
Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilgan, harakat bevosita o’ziga o’tgan predmetni bildiradi va kimni?nimani?qayerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Bu to’ldiruvchi ko’pincha tushum kelishigi shaklidagi so’z bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi:
1.Ot va olmosh bilan: Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar.
2.Otlashgan so’zlar bilan: Bo’linganni bo’ri yer.
3.Ibora bilan: O’ziga birovning oz-moz tiltekkizganini ko’tarmasdi.
Dostları ilə paylaş: |